Toshkentning uchta tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Hududgaz poytaxt matbuot xizmati xabar berdi.

19-iyun kuni ta’mirlash ishlari sabab belgilangan vaqtlarda Mirzo Ulug‘bek, Sergeli, Yangihayot, Bektemir, Yunusobod va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.

Xususan:

Mirzo Ulug‘bek tumani (10:00 dan 18:00 gacha): Sho‘rtepa, Sh.Burxon, Sh.Burxon 1-berk, Charag‘on ko‘chalari

  • Aholi xonadonlar soni: 253 ta yerli xonadon;
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 11 ta.

Sergeli tumani (10:00 dan 17:00 gacha): “Xonobod” MFY

  • Aholi xonadonlar soni: 175 ta yerli xonadon;
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 1 ta.

Yangihayot tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Yorqin hayot” MFY

  • Aholi xonadonlar soni: 8 ta ko‘p qavatli uy;
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 4 ta.

Bektemir tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Gulbog‘” MFY

  • Aholi iste’molchilar soni: 420 ta yerli xonadon;
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 18 ta.

Yunusobod tumani (10:00 dan 20:00 gacha): “Minor”, “U.Shirin” va “To‘raqo‘rg‘on” MFYlari

  • Aholi iste’molchilar soni: 400 ta yerli xonadon;
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 10 ta.

Shayxontohur tumani (10:00 dan 20:00 gacha): KXAY ko‘chasi

  • Aholi iste’molchilar soni: 5 ta ko‘p qavatli uy;
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 5 ta.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.