Midjourney video yaratish uchun o‘zining ilk modeli — V1 ni taqdim etdi. Bu haqda Kod Durova nashri xabar berdi.
Endi foydalanuvchilar nafaqat rasmlar yarata oladi, balki ularni qisqa animatsiyalarga ham aylantira oladi. Videolarni yaratish uchun foydalanuvchi shunchaki Animate tugmasini bosish kifoya kerak hamda rasm “jonlanadi”.
Ikki xil imkoniyat mavjud: tizimning o‘zi sahnaga harakat beradigan avtomatik animatsiya va foydalanuvchi obyektlarning harakatini hamda kamera yo‘nalishini belgilaydigan qo‘lda boshqariladigan animatsiya.
Foydalanuvchilarga ikkita asosiy rejim taqdim etiladi:
- low motion — bunda faqat obyekt harakatlanadi, kamera esa deyarli qo‘zg‘almas holatda qoladi;
- high motion — bunda ham obyekt, ham sahnaning o‘zi harakatga keladi.
Generatsiyalangan videoning asosiy uzunligi 5 soniya, lekin uni to‘rtta ketma-ket “uzaytirish” yordamida taxminan 20 soniyagacha uzaytirish mumkin.
Bundan tashqari, Midjourney foydalanuvchilarning rasmlarini animatsiyalash imkoniyatini ham taqdim etadi.
Buning uchun rasmni yuklash, uni boshlang‘ich kadr sifatida belgilash va animatsiya uchun tavsif kiritish kifoya. Ushbu xizmatdan foydalanish uchun obuna bo‘lish zarur bo‘lib, uning narxi oyiga 10 dollardan boshlanadi.
Avvalroq Spot Midjourney rasmlarni tahrirlash imkoniyatiga ega bo‘lishi haqida yozgandi.
Yangi funksiya foydalanuvchilarga istalgan tasvirni internetdan yuklab olish va uni generativ sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida o‘zgartirish imkonini beradi.