Toshkentning uchta tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Hududgaz poytaxt matbuot xizmati xabar berdi.
20-iyun kuni ta’mirlash ishlari sabab belgilangan vaqtlarda Sergeli va Yangihayot tumanlarining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.
Xususan:
Sergeli tumani (10:00 dan 17:00 gacha): “Yuqori Darxon” va “Daryo bo‘yi” MFYlari
- Aholi xonadonlar soni: 393 ta yerli xonadonlar;
- Ulgurji isteʼmolchilar soni: 3 ta.
Yangihayot tumani (11:00 dan 17:00 gacha): “Yangi Choshtepa” MFY
- Aholi iste’molchilar soni: 75 ta ko’p qavatli uylar;
- Ulgurji isteʼmolchilar soni: 9 ta.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.