1-iyuldan Buxoro viloyatida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari tariflari oshiriladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xalq deputatlari viloyat kengashi 12-iyundagi qarori bilan yangi narxlarni tasdiqladi. Tariflar Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi tomonidan hududdagi suv ta’minoti tashkilotlari bilan birgalikda taqdim etilgan xulosalar asosida belgilangan.

Fuqarolar uchun bir kub metr suv narxi QQS bilan birga 4480 so‘m yoki amaldagi narxlardan 29% ga qimmatroqni tashkil etadi. Budjet va ulgurji iste’molchilar uchun tarif 9520 so‘mgacha (+21,4%) oshadi.

Tariflar o‘zgarishi bilan batafsil quyida tanishish mumkin:

Xizmat turi / iste’molchilar toifasi
Amaldagi tarif, 1 m3 uchun, so‘mda
Yangi tarif, 1 m3 uchun, so‘mda
QQSsiz
QQS bilan
QQSsiz
QQS bilan
Buxoro suv ta’minoti AJ
Aholi, issiqlik ta’minoti va boshqa tashkilotlar uchun ichimlik suvi xizmati
3100
3472
4000
4480
Budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun ichimlik suvi xizmati
7000
7840
8500
9520
Aholi, issiqlik ta’minoti va boshqa tashkilotlar uchun oqova suv xizmatlari
2800
3136
3800
4256
Budjet va ulgurji iste’molchilar uchun oqova suv xizmatlari
4800
5376
5600
6272
Texnik suv xizmati uchun
1500
1680
2000
2240
Damxo‘ja suv ta’minoti AJ
Suv ta’minoti korxonalari uchun
650
728
850
952

1-iyuldan Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv uchun narxlar oshiriladi. Aholi uchun bir metr kub ichimlik suvi narxi 2600 so‘mni, budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun esa 15 ming so‘mni tashkil etadi.

Avvalroq Toshkentdagi supermarketlarda ayrim oziq-ovqat mahsulotlari narxi pasaygani haqida xabar berilgandi. Masalan, karam narxi 64,2% ga, pomidor esa qariyb 45% ga arzonlashgan. Shu bilan birga, oltita oziq-ovqat mahsuloti qimmatlashgan.