Yaponiyada umumiy foydalanishdagi asfalt yo‘llarda harakatlanadigan noyob rezina g‘ildirakli tramvayni ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Bunda transport vositasining manyovrchanligi cheklangan bo‘lsa-da, bu safar cheklov magnit markerlar yordamida amalga oshiriladi.

The Asahi Shimbun nashrining yozishicha, Yaponiyaning Yamanasi prefekturasi hukumati alpinistlar va Fudzi tog‘iga tashrif buyuruvchilar uchun jamoat transportining yangi turini tanladi.

Bu o‘z mohiyatiga ko‘ra trolleybusdan farq qilmaydigan relssiz tramvay edi. Buning sababi shundaki, u temir yo‘l bo‘ylab emas, balki asfaltlangan yo‘llarda harakatlanadi.

Shunga qaramay, u magnit belgilari ko‘rinishidagi cheklovchi tizimdan foydalangani sababli erkin manyovr qila olmaydi.

Xabar qilinishicha, prefektura jamoat transportining bir necha turini ularning xavfsizlik ko‘rsatkichlari, narxi, tashrif buyuruvchilar oqimini boshqarish imkoniyati, qulayligi va boshqa jihatlardan baholagan.

Natijada mansabdorlar qiziqarli yechimga — rezina g‘ildirakli tramvayga to‘xtalishdi. Bu transport vositasi dastlab “Fudzi tramvayi” deb nomlandi. Ta’kidlanishicha, aynan magnit yo‘naltirish tizimi ko‘plab muammolarni hal etishda eng samarali usul bo‘lib chiqdi.

Relssiz transport vositasi tog‘ etagidan boshlab, dengiz sathidan 2300 metr balandlikda joylashgan 5-bekatgacha qatnov qiladi. Yo‘nalish shimoliy yonbag‘irning eng go‘zal joylarini, jumladan Kavaguchiko ko‘lini o‘z ichiga oladi.

Ta’kidlanishicha, bu transport turi ishga tushirilgandan so‘ng, boshqa avtotransport vositalari uchun Fudzi-Subaru yo‘nalishidan foydalanish taqiqlanadi. Bu chora so‘nggi paytlarda haddan tashqari ko‘payib ketgan tog‘ga tashrif buyuruvchilar sonini nazorat qilish uchun zarur hisoblanadi.


Avvalroq Spot Do‘stlik metro bekatidan Yangi Toshkent shahriga yer usti va yer osti metro yo‘li qurilishi haqida yozgandi.

Yo‘nalish uzunligi 21 km bo‘lib, to‘qqizta bekatdan iborat bo‘ladi. Loyihani amalga oshirishga Rossiya va Turkiya kompaniyalari jalb etilgan.