2025-yilning may oyida mahalliy ommabop avtomobillarning o‘rtacha narxi pasayishda davom etdi.

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan may oyida ikkilamchi bozordagi avtomobillarning o‘rtacha narxlari tahlil qilindi.

Mahalliy ommabop avtomobillar narxi

Joriy yilning may oyida mahalliy ommabop avtomobillarning o‘rtacha narxi aprel oyidagiga nisbatan arzonlashdi.

Xususan:

  • Onix: ko‘p foydalanilgani $800 ga ($13 800 dan $13 000 ga), o‘rtacha foydalanilgani $220 ga ($13 700 dan $13 480 ga);
  • Lacetti: kam foydalanilgani $100 ga ($14 800 dan $14 600 ga); ko‘p foydalanilgani $100 ga ($13 000 dan $12 900 ga), o‘rtacha foydalanilgani $75 ga ($14 075 dan $14 000 ga);
  • Cobalt: kam foydalanilgani $144 ga ($12 700 dan $12 556 ga);
  • Nexia: o‘rtacha foydalanilgani $100 ga ($11 000 dan $10 900 ga);
  • Spark: ko‘p foydalanilgani $100 ga ($8 900 dan $8 800 ga);
  • Damas: ko‘p foydalanilgani $200 ga ($7 200 dan $7 000 ga), o‘rtacha foydalanilgani $200 ga ($7 800 dan $7 600 ga), kam foydalanilgani $50 ga ($8 050 dan $8 000 ga).

avtomobil bozori, ikkilamchi bozor, tahlilavtomobil bozori, ikkilamchi bozor, tahlil

Mahalliy lyuks avtomobillar narxi

Mazkur turdagi avtomobillar narxi esa quyidagicha o‘zgardi:

  • Equinox: kam foydalanilgani $1 166 ga ($34 666 dan $33 500 ga);
  • Malibu: kam foydalanilgani $750 ga ($31 250 dan $30 500ga); o‘rtacha foydalanilgani $1450 ga ($29 950 dan $28 500 ga);
  • Tracker: o‘rtacha foydalanilgani $300 ga ($17 300 dan $17 000 ga), kam foydalanilgani $175 ga ($18 600 dan $18 425 ga) arzonlashgan.

Shuningdek, Equinox’ning o‘rtacha foydalanilgani aprel oyiga nisbatan $700 ga ($29 800 dan $30 500 ga), ko‘p foydalanilgani $200 ga ($26 000 dan $26 200 ga) qimmatroq taklif etilgan bo‘lsa, ko‘p foydalanilgan Tracker ($16 000) narxida o‘zgarish kuzatilmadi.

avtomobil bozori, ikkilamchi bozor, tahlil

Elektromobillar narxi

O‘tgan oyda o‘rtacha foydalanilgan BYD Song Plus EV Champion $150 ga ($ 26 350 dan $26 200 ga) arzonlashgan.

Boshqa elektromobillar o‘rtacha narxi:

  • BYD Han: o‘rtacha foydalanilgani $2000 ga ($32 000 dan $34 000 ga), yangisi $1 100 ga ($31 900 dan $33 000 ga);
  • BYD Song Plus EV Champion: yangisi $1100 ga ($27 800 dan $28 900 ga);
  • BYD Yuan Up: o‘rtacha foydalanilgani $850 ga ($19 300 dan $20 150 ga), yangisi $406 ga ($20 500 dan $20 906 ga) qimmatlashdi.

Xorijiy avtomobillar narxi

Joriy yilning may oyida xorijiy avtomobillar narxi sezilarli darajada arzonlashdi.

Xususan:

  • Kia Carnival: ko‘p foydalanilgani $3 500 ga ($36 000 dan $32 500 ga), kam foydalanilgani $2 028 ga ($47 000 dan $44 972 ga), o‘rtacha foydalanilgani $1 000 ga ($46 000 dan $45 000 ga);
  • Kia Sorento: ko‘p foydalanilgani $2 100 ga ($35 250 dan $33 150 ga), o‘rtacha foydalanilgani $1 700 ga ($38 000 dan $36 300 ga);
  • Kia K5: kam foydalanilgani $2 777 ga ($32 000 dan $29 223 ga), ko‘p foydalanilgani $350 ga ($25 300 dan $24 950 ga), o‘rtacha foydalanilgani $150 ga ($27 150 dan $27 000 ga);
  • Kia Sportage: ko‘p foydalanilgani $2 250 ga ($28 500 dan $26 250 ga), o‘rtacha foydalanilgani $200 ga ($30 000 dan $29 800 ga);
  • Hyundai Elantra: ko‘p foydalanilgani $1 000 ga ($21 000 dan $20 000 ga), o‘rtacha foydalanilgani $301 ga ($21 201 dan $ 20 900 ga);
  • Kia Seltos: ko‘p foydalanilgani $1 000 ga ($23 000 dan $22 000 ga), o‘rtacha foydalanilgani $409 ga ($24 850 dan $24 441 ga) azronlashdi.

Shuningdek, kam foydalanilgan Elantra va Sorento" mos ravishda $116 ($24 112 dan $24 228 ga) va $1 250 ga ($43 250 dan $44 500 ga) qimmatlashdi.