Bigmart — O‘zbekistondagi dastlabki B2B-marketpleyslardan biri bo‘lib, u ofis xaridlari uchun keng qamrovli yechimlarni taqdim etadi: kanselyariya mollari va maishiy kimyodan tortib, texnika, mebel, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa zarur toifalargacha. Barcha xarid jarayonlari bitta raqamli platformada mujassamlashgan — qog‘ozbozliksiz, telefon qo‘ng‘iroqlarisiz, kelishuvlarsiz va Excel jadvallari zaruriyatisiz.
Xarid qilishga bo‘lgan yondashuvni qanday o‘zgartirilayotgani, nima uchun Bigmart oddiy do‘kon emas, balki biznes uchun texnologik ekotizim ekanligi haqida loyiha asoschisi va CEO’si Ilhom Omonov hikoya qiladi.
Bigmart mijoz nuqtai nazaridan qanday ko‘rinadi?
Bigmart — bu intuitiv tushunarli raqamli platforma bo‘lib, kompaniyalarga barcha xarid jarayonlarini onlayn tarzda tashkil qilish imkonini beradi — sotuvchilar va tovarlarni izlash, telefon orqali kelishish va qog‘oz ishlarisiz. Bir necha bosqichda tovarlarni tanlash, buyurtma berish, depozit to‘ldirish, yetkazib berishni kuzatish mumkin. Buyurtmalar tarixi, shablonlar, ko‘p akkauntli tizim va avtomatik takrorlash funksiyasi orqali bu jarayon yanada qulay va shaffof bo‘ladi. Bizning missiyamiz — faqat tovar sotish emas, balki biznesning eng qimmat resursi — vaqtni tejashdir.
Tovar narxlari sotuvchilar tomonidan belgilanadi, bu esa vositachilarsiz va ishlab chiqaruvchilarning narxida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish imkonini beradi. Yetkazib berish — bepul.
Qanday tovar toifalari eng dolzarb?
Eng talabgir mahsulotlar — sarflanadigan mahsulotlar: qog‘oz, kanselyariya buyumlari, maishiy kimyo, choy, qahva, ichimliklar, shirinliklar. Ular muntazam xarid qilinadi va ularning LTV ko‘rsatkichi yuqori. Shu sababli takroriy buyurtmalar va shaxsiy shablonlarni joriy qilishga e’tibor qaratyapmiz. Bundan tashqari, assortiment mebel, ofis va maishiy texnika, sarflanadigan materiallar kabi yo‘nalishlarda kengaytirilmoqda.
Biznesning qaysi muammolari hal qilinadi?
Asosiy muammolardan biri — ko‘plab yetkazib beruvchilar bilan alohida ishlash, buyurtmalarni messenjerlarda kelishish, Excel fayllar orqali yuritiladigan hisob-kitoblar. Bu noqulay va xatolarga boy jarayon bo‘lib, Bigmart barcha bosqichlarni yagona raqamli tizimga o‘tkazib, ushbu muammolarni bartaraf etadi. Barcha hujjatlar avtomatik ravishda shakllantiriladi va buxgalteriya tizimlariga integratsiya qilinadi.
Biz mijoz kompaniyalardagi turli rollarning og‘riqli nuqtalarini tushunamiz va ularga mos yechimlar taklif qilamiz:
- Biznes egalari va ijro direktorlar xaridorlar tomonidan chalg‘itishlar bo‘lishidan xavotirda. Xaridlar qimmatga tushadi va jarayon uzoq davom etadi. Bigmart bu yerda shaffoflik va real vaqt rejimida nazoratni ta’minlaydi.
- Ofis-menejerlar va ma’muriy direktorlar bir nechta noto‘g‘ri tuzilgan shartnomalar bilan ishlashadi, yangi yetkazib beruvchilarni izlashga ko‘p vaqt ketadi. Biz ularga bir shartnoma, bitta kanal va ishonchli tizim taqdim etamiz.
- Buxgalterlar — kechikkan hujjatlar, tartibsiz hisob-kitoblar, QQSni qaytarishda muammolar. Bigmart — bu markazlashtirilgan raqamli hujjat aylanishi va ishonchli buxgalteriya yordami demakdir.
Bigmart’ning o‘ziga xosligi nimada?
Bigmart — bu faqat tovar sotiladigan joy emas, balki biznes uchun to‘liq infratuzilmani shakllantiruvchi platformadir. Yaqin orada biz B2B xizmatlar bo‘limini ishga tushiryapmiz: xizmat safari uchun chipta va mehmonxona band qilish, suv yetkazib berish, kliring, buxgalteriya, IT-autsorsing, HR, SMM va boshqa xizmatlar. Shuningdek, banklar bilan API integratsiyalar ustida ishlamoqdamiz — moliyaviy xizmatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Bigmart interfeysi orqali mavjud bo‘ladi. Shaxsiy savdo belgisi, ombor logistikasini avtomatlashtirish va HoReCa segmentida xizmatlarni rivojlantirish ham ustuvor yo‘nalishlarimizdan biridir.
Bigmart kompaniyasining asosiy qadriyatlari qanday?
Bizda soddalik, shaffoflik va tezlik ustuvor. Avval bir necha soat ketgan ishlar endi bir necha daqiqada amalga oshiriladi. Jamoaning shiori: “Agar soddaroq qilish imkoni bo‘lsa — soddalashtir”. Biz texnologiya murakkablik emas, qulaylik olib kelishiga ishonamiz. Bigmart — o‘zi ishlaydigan, yo‘riqnomasiz ham tushunarli tizim bo‘lishi kerak.
Bigmart hozirning o‘zida yuzlab kompaniyalarni yangi xarid modeliga o‘tkazmoqda — bu esa faqat boshlanishi. Biznes o‘z faoliyatini yagona raqamli oynada boshqarishi uchun barcha operatsion jarayonlarni qamrab oladigan ekotizim qurishni maqsad qilganmiz.
Sayt: bigmart.uz
Reklama huquqlari asosida.