Google tasvirlarni yaratish uchun yangi Imagen 4 modelini, shuningdek, uning rivojlangan Imagen 4 Ultra versiyasini e’lon qildi.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, bu model matnni tasvirlash sifatini sezilarli darajada yaxshiladi. Bunday natijaga ilgari shunga o‘xshash modellarda erishish qiyin bo‘lgan.

Model keng ma’lumotlar bazalarida o‘qitilgan va nafaqat matn tavsifi bo‘yicha batafsil rasmlarni yaratish, balki yozuvlarni, alohida iboralarni ham, obyektlarga o‘rnatilgan matnni ham aniqroq takrorlash imkonini beradi.

Masalan, agar promptda kosmik kemada “Yulduzli chang” yozuvi bo‘lishi kerakligi ko‘rsatilgan bo‘lsa, model haqiqatan ham kema korpusidagi o‘qiladigan yozuvni tasvirlaydi. Bu esa ilgari tez-tez uchrab turgan, buzilgan belgilar to‘plamini emas, balki aniq o‘qiladigan yozuvni ko‘rsatadi.

Google bir vaqtning o‘zida ikkita versiyani chiqardi:

  • Imagen 4 — keng auditoriya va namunaviy so‘rovlar uchun universal model;
  • Imagen 4 Ultra — matnga maksimal darajada mos keladigan tasvirlarni yaratish uchun mo‘ljallangan yanada aniq va kuchli versiya. U biroz ko‘proq resurslarni talab qiladi va qimmatroq turadi.

Gemini suhbat-botida model hozircha mavjud emas, biroq Google uni keyinroq qo‘shishni va’da qilmoqda. AI Studio orqali generatsiya obunasi yaqin haftalar ichida taqdim etiladi.


Avvalroq Spot Google yangi Veo 3 sun’iy intellekt modelini taqdim etgani haqida yozgandi. Qayd etilishicha, u matnli so‘rov bo‘yicha nafaqat videoqator, balki ovoz ham yarata oladi.

Algoritm video va audioni avtomatik ravishda sinxronlashtiradi, shuningdek, foydalanuvchidan qo‘shimcha ma’lumotlarsiz effektlar, fonlar va hatto dialoglarni yaratadi.