YouTube kattalar ishtirokisiz jonli efirlar o‘tkazish uchun minimal yoshni 16 yoshgacha ko‘taradi.

Bungacha videoxostingda o‘smirlarga kattalar ishtirokisiz strim qilishga 13 yoshdan ruxsat berilgandi.

Yangi qoidalar 2025-yil 22-iyuldan kuchga kiradi — yangilangan YouTube qoidalaridan kelib chiqadi. Xizmatdagi o‘zgarishlar sabablari ochiqlanmagan.

13−15 yoshdagi o‘smirlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlarni faqat kattalar ishtirokida olib borishi mumkin bo‘ladi. Ilgari bunday qoida faqat 13 yoshdan kichik foydalanuvchilarga nisbatan amal qilgan edi.

YouTube 22-iyuldan so‘ng kattalar nazoratisiz jonli efir o‘tkazadigan 16 yoshdan kichik strimerlar chat va boshqa imkoniyatlardan foydalana olmasligi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Qayd etilishicha, kelajakda platforma bunday translyatsiyalarni butunlay o‘chirib tashlashni rejalashtirmoqda.


Avvalroq Spot YouTube reklama bloklovchi foydalanuvchilarga qarshi choralarni kuchaytirgani haqida yozgandi.

Reklamani ataylab o‘chirib qo‘yadigan ko‘plab tomoshabinlar ommaviy uzilishlarni qayd etmoqda.