Sirdaryo viloyatida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari tariflari oshiriladi. Xalq deputatlari viloyat kengashi 26-iyundagi qarori bilan yangi narxlarni tasdiqladi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 11-iyulidan (qaror e’lon qilingan kundan) boshlab viloyatda ichimlik suvi ta’minoti va oqava suv xizmatlari uchun yangi tariflar kuchga kiradi.
Bir metr kub ichimlik suvi narxi quyidagicha:
- aholi uchun — 4500 so‘m (amalda — 2500 so‘m);
- budjet va boshqa tashkilotlar uchun — 13 ming so‘m (7000 so‘m).
Oqova suvi xizmatiga:
- aholi uchun — 1200 so‘m (amalda — 800 so‘m);
- budjet va boshqa tashkilotlar uchun — 3350 so‘m (2000 so‘m).
Bunda, ushbu narxlar QQSsiz hisobga olgan holda keltirilgan.
1-iyuldan Buxoroda ichimlik va oqova suv narxlari oshiriladi. Aholi uchun suv ta’minoti xizmatlari 29% ga, kanalizatsiya xizmatlari esa 21,4% ga qimmatlashadi.
Shuningdek, 1-iyuldan Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv uchun narxlar oshiriladi. Aholi uchun bir metr kub ichimlik suvi narxi 2600 so‘mni, budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun esa 15 ming so‘mni tashkil etadi.