Xiaomi AI Glasses smart ko‘zoynaklarini taqdim etdi. Bu haqda Rozetked nashri xabar berdi.

Qurilmaning og‘irligi atigi 40 gramm va shunga o‘xshash gadjetlar uchun standart funksiyalarga ega hisoblanadi.

Ko‘zoynakda Xiao Ai ovozli yordamchisi o‘rnatilgan bo‘lib, undan atrofdagi muhit va narsalar haqida so‘rash mumkin.

Obyektlarni tanib olish uchun 12 MP (IMX681 moduli) o‘rnatilgan kamera ishlatiladi, u ham yozi 2K videob olishi mumkin. Sifatli nutq uchun oltita mikrofon ishlatiladi.

Shuningdek, ko‘zoynak orqali o‘rnatilgan karnaylar yordamida musiqa tinglash va qo‘ng‘iroqlarga javob berish imkoniyati mavjud.

Ko‘zoynakning mustaqil ishlash vaqti 8 soatni tashkil etadi, uni USB-C orqali quvvatlash tavsiya etiladi.

Xaridorlar uchun uch xil modifikatsiya mavjud: oddiy, o‘zgaruvchan qorayishli elektroxrom va rangli linzali versiya (rangni o‘zgartirish imkoniyati bilan).

Qayd etilishicha, Xitoyda ko‘zoynakning asosiy versiyasi uchun 1999 yuanga (taxminan $279) oldindan buyurtma berish mumkin.


Avvalroq Spot Snapchat o‘zining kengaytirilgan reallik ko‘zoynaklarini ishlab chiqarishi haqida yozgandi.

Ko‘zoynak imo-ishoralar, ovozli boshqaruvni qo‘llab-quvvatlaydi hamda sun’iy intellekt bilan integratsiyalashadi.