O‘z g‘oyasini amalga oshirishni istagan, ammo imkon va yo‘nalish topolmayotgan minglab yoshlar bor. Aynan shunday yoshlar uchun Team University tashabbusi bilan yaratilgan Team Hub platformasi Stirling Foundation ko‘magida yangi mavsumni boshlamoqda. Dastur ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan yoshlarga yo’naltirilgan.

Bu — oddiy o‘quv emas, balki uch oylik amaliy biznes-inkubatsiya. Unda ishtirokchilar g‘oyani shakllantirib, MVP yaratadi, mentorlar bilan ishlaydi, mijoz izlaydi va investorlarga pitch qilishni o’rganadi.

Dastur nimalarni taklif qiladi:

  • tajribaga asoslangan o‘quv modullar: muammo aniqlash, MVP yaratish, mijoz bilan muloqot, sotuvni yo‘lga qo‘yish va boshqalar;
  • har bir ishtirokchiga biriktirilgan shaxsiy mentor — faol tadbirkor yoki mutaxassis;
  • amaliy mashg‘ulotlar va jamoaviy loyihalar;
  • pitch-deck va taqdimot tayyorlash bo‘yicha workshop’lar;
  • investorlar va grant beruvchilar oldida loyiha taqdimoti bo‘yicha tayyorgarlik;
  • eng yaxshi ishtirokchilar uchun 2000 dollargacha bo‘lgan grantlar va mukofotlar.

reklama, team hub

Kimlar qatnashishi mumkin?

Team Hub — bu ijtimoiy teng imkoniyatlar tarafdori. Shu bois, inkubatsiya dasturida 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj va, albatta, yuqori motivatsiyaga ega yigit-qizlar ishtirok etishi mumkin.

Afzallik quyidagilarga beriladi:

  • “Yoshlar daftari"ga kiritilganlarga;
  • to‘liq bo‘lmagan yoki ko‘p farzandli oilalarda yashovchilarga;
  • davlatdan moliyaviy yordam oluvchilarga;
  • nogironligi bo‘lgan oila a’zolari borlarga;
  • qishloq hududlarida istiqomat qiluvchilarga;
  • ilgari biznes boshlashga urinib, yo‘l-yo‘riq topa olmagan yoshlarga.

Manzil: dastur Team University kampusida o’tkaziladi. Boshlanish sanasi — 8-iyul. Davomiyligi — uch oy.

Format: oflayn (ba'zi sessiyalar onlayn formatda bo‘lishi mumkin).

Final: Demo Day — ochiq taqdimot, sertifikatlar topshirish va grantlar ajratish marosimi.

Ariza topshirish muddati: 1-iyulgacha. Arizani havola orqali yuborish mumkin.

E-mail: team.internship@teamuni.uz
Sayt: teamhub.uz
Telegram: t.me/teamhub_uz
Instagram: @teamhub_uz

Reklama huquqlari asosida.