Avvalroq 30-iyun — Yoshkar kuni munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazayotgani haqida xabar berilgandi.

Unda sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha bank-moliya, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va energetikani ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab, 100 ta loyiha amalga oshirilishi ma’lum qilindi.

Davlat rahbari qadriyatlar va madaniyatni o‘zida ifoda etadigan sun’iy intellektning milliy modelini ishlab chiqish boshlanganini e’lon qilindi.

“Bu boy tariximiz va zamonaviy yondashuvlarni o‘zida uyg‘unlashtirib, yoshlarning yangi kreativ g‘oyalarini shakllantirishga xizmat qiladi”, — dedi prezident. Tizim samaraligi uchun BAA bilan hamkorlikda “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” dasturi ishga tushirilmoqda.

Shu yilning o‘zida “AI study” platformasi orqali kamida 100 ming yoshlar sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganishi ko‘zda tutilmoqda.

Hozir maktablarda 19 500 nafar informatika o‘qituvchisi bor. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Massachusets texnologiya institutining sun’iy intellekt ta’lim dasturi asosida o‘quv dasturlarini yangilashi qayd etildi.

Har bir viloyatdan 100 nafar informatika o‘qituvchisi joriy yilda Yangi O‘zbekiston universitetida bu dasturga o‘qitiladi. Ushbu mentor o‘qituvchilar o‘z hududidagi qolgan informatika o‘qituvchilarini ikki yil davomida kaskad usulida tayyorlaydi. Bu orqali besh yilda barcha maktab bitiruvchilari SI bo‘yicha yetarli bilim oladi.

“Raqamli avlod qizlari” tanlovida ta’lim, sun’iy intellekt, “yashil” iqtisodiyot, iqlim o‘zgarishi kabi sohalarda 7 ming o‘quvchi va talabaning 120 ta startap loyihasi tanlab olindi. Bu yil kamida 50 ming nafar qizlar “Raqamli avlod qizlari” loyihasi bilan qamrab olinadi.

10-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkent investitsiya forumining yalpi majlisida O‘zbekistonda milliy “Bulutli texnologiyalar” platformasi hamda sun’iy intellekt modeli yaratilishini ma’lum qildi. Shu bilan birga, 20 ta data-markaz qurilishi va “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi ishga tushirilishi qayd etildi.

Spot mazkur tashabbusni huquqshunos va texnologik siyosat bo‘yicha ekspert Ammar Yunus bilan muhokama qildi. U O‘zbekistonga o‘zining sun’iy intellekt modeli nima uchun zarurligi va nega global trendlardan andoza olmaslik muhimligini tushuntiradi.

Avvalroq YouTube sun’iy intellekt qidiruv tizimini ishga tushirgani haqida xabar berilgandi. Funksiya YouTube videolarni ochmasdan turib ulardagi kerakli ma’lumotni tezda topish imkonini beradi. Biroq u hozircha faqat AQShlik foydalanuvchilar mavjud.