E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan.


Markaziy bankning 30-iyun holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12 654,13 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasi 26-iyun kuni belgilangan 12 586,41 so‘m qiymatga nisbatan 67 so‘m 72 tiyinga qimmatlashdi.

30-iyun kuni sotish kursi Agrobank, O‘zsanoatqurilishbank, Trastbank, Universalbank va Infinbankda 12 715 so‘mni tashkil etmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12 710 so‘mdan 12 700 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi esa 12 650 so‘mdan 12 595 so‘mgacha yetdi.

Avvalroq Spot O‘zbekistonda iyun oyida dollarning rasmiy kursi qanday o‘zgargani haqida yozgandi.

O‘zbek so‘mi ketma-ket ikkinchi oy dollarga nisbatan mustahkamlanishda davom etdi. Iyun oyida milliy valyuta 114 so‘mga qimmatlashdi (+0,89%).

O‘tgan yilning dekabr oyida Spot tahlilchilar bilan 2024-yilda so‘mning zaiflashish sur’atlari pasayishi sabablari, milliy valyuta mustahkamlanishidagi xatarlar hamda 2025-yilda almashuv kursiga ta’sir qiluvchi omillar haqida suhbatlashgandi.

Ekspertlar joriy yil yakuni bo‘yicha dollar kursi 13 340−14 ming so‘m oralig‘ida shakllanishini kutmoqda. Milliy valyuta oltinning sotilishi va o‘sishiga, jalb qilinadigan xorijiy kreditlar va investitsiyalarga, Markaziy bank siyosatiga, transchegaraviy o‘tkazmalar hajmiga, import oshishiga hamda global iqtisodiyot holatiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.

Avvalroq yanvar-mart oylarida O‘zbekistonning davlat qarzi $2,22 mlrdga oshib, $42,4 mlrddan ortiqni tashkil etgani haqida xabar berilgandi.