Ilgari Google’da ishlagan amerikalik dasturchilar Erik Antonov va Greg Xoxmut Methaphone deb nomlangan g‘ayrioddiy qurilmani taqdim etishdi.

Bu qurilma iPhone o‘lchamidagi shaffof akril plastinadan iborat bo‘lib, hech qanday vazifani bajarmaydi. Mualliflarning aytishicha, ushbu gadjet smartfonni doimo qo‘lda ushlab turish odatidan qutulishga intiladigan kishilar uchun mo‘ljallangan.

Tashqi ko‘rinishidan u iPhone’ni eslatadi: olti dyuymli ekranga ega bo‘lib, burchaklari yumaloq va yashil hoshiyali, biroq qurilmada ekran, tugmalar yoki interfeys yo‘q.

google, metafon

Muallif fikricha, bu raqamli kontent bilan doimiy muloqotdan “voz kechish"ga yordam berishi kerak. Mualliflar o‘z ixtirolarini smartfonlarga qaram bo‘lganlar uchun “o‘rinbosar davolash usuli” deb atashadi va uni nikotinsiz elektron sigaretaga qiyoslashadi.

Metafon “O‘qish” yoki “Sayr qilish” singari “oflayn ilovalar” yorliqlari bilan jihozlangan. Hozirda loyiha mualliflari kafe va restoranlar bilan hamkorlik qilish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Shuningdek, ular qurilmadan raqamli qaramlikdan ramziy voz kechish vositasi sifatida foydalanishni taklif etmoqda.


Avvalroq Spot 2027-yilda iPhone’ning ramkasiz dizayniga o‘tishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.

Yangi dizayndagi iPhone modellarida Dynamic Island o‘lchami kichrayadi, Apple esa uni turkumning 20 yilligiga taqdim etadi.