AQSh senati kelasi haftadayoq Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda demokrat senator Kris Kuns Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Senatorlar [Lindsi] Grem va [Richard] Blyumentalda sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasi bor, umid qilamanki, biz uni keyingi haftada ko‘rib chiqamiz va qabul qilamiz”, — dedi ilgari bir necha bor Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirgan Kuns.

Bungacha senator Lindsi Grem senat iyul oyida Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqishini aytgandi.

AQSh prezidenti Donald Trampning fikricha, ushbu qonun loyihasini qabul qilishning “vaqti keldi” deydi Grem.

Rossiyaga qarshi sanksiyalarni sezilarli darajada kuchaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi aprel oyida bir guruh senatorlar tomonidan taqdim etilgan edi. Uning asosiy mualliflari Graham va Richard Blumenthal (Konnektikut shtatidan demokrat) edi.

U jumladan, Rossiyaning savdo hamkorlariga qarshi ikkilamchi sanksiyalar joriy etishni nazarda tutadi. Hujjatda Moskvadan neft, gaz, uran va boshqa resurslarni sotib oluvchi mamlakatlar tovarlariga import bojlarini 500% miqdorida belgilash taklif qilinmoqda.

Mutaxassislar bunday choralarni joriy etishga shubha bilan qarashdi, chunki Rossiya energiya resurslari ko‘plab mamlakatlarga, jumladan, Xitoy, Hindiston, shuningdek Yevropa Ittifoqi davlatlariga yetkazib berilmoqda.

The Washington Post gazetasining yozishicha, bunday cheklovlarni qabul qilish AQShni dunyoning aksariyat mamlakatlari bilan savdo urushi holatiga tushirib qo‘yishi mumkin.

May oyi oxirida Donald Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Yangi cheklovlar bank sanksiyalarini o‘z ichiga olmaydi, hukumat vakillari Moskvaga bosim o‘tkazishning boshqa usullarini muhokama qilmoqda.


Avvalroq Spot Ukraina O‘zbekistonning uchta kompaniyasi va bir nafar tadbirkoriga nisbatan sanksiyalar joriy etgani haqida yozgandi.

Sanksiyalarga Mercury Renaissance va uning sho‘ba korxonasi bo‘lgan Farg‘ona Kimyo Zavodi hamda Raw Materials Cellulose kompaniyalari kiritildi.