Instagram foydalanuvchilarga Spotify’dan Stories’ga ulashgan qo‘shiqlarining dastlabki ko‘rinishini tinglash imkoniyatini qo‘shishini e’lon qildi.
Bungacha foydalanuvchilarga Spotify qo‘shiqlarini o‘z hikoyalarida ulashishga ruxsat bergan bo‘lsa-da, u buni ovozsiz amalga oshiradi va shunchaki striming platformasida qo‘shiqqa havolani taqdim etadi.
Endi foydalanuvchi o‘z hikoyasida qo‘shiq joylaganida, tomoshabinlar qo‘shiqning prevyusini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Instagramda tinglashlari mumkin bo‘ladi.
Platformada musiqa qidirish va almashishni osonlashtiradigan kichik, ammo sezilarli o‘zgarish ilovadan chiqishni talab qilmaydi.
Bu qadam ijtimoiy tarmoq Instagram Notes uchun xuddi shunday imkoniyatni joriy etganidan bir necha hafta o‘tgach amalga oshirildi.
Endi foydalanuvchilar Spotify’dagi qo‘shiqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlarining Instagram Notes’lariga uzatishlari mumkin. Bu esa obunachilarga ular qaysi musiqani yoqtirishini real vaqt rejimida ko‘rish va tekshirish imkonini beradi.
Avvalroq Spot Instagram profildagi postlar tartibini o‘zgartirish funksiyasini qo‘shishi haqida yozgandi.
Foydalanuvchilar endi postlarni nashr qilinish vaqtiga emas, balki o‘zlari xohlagan tartibda qo‘lda joylashtirishlari mumkin bo‘ladi.