O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pasaydi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 591,71 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 84 so‘m 40 tiyinga pasaydi.

Spot ekspertlarning dollar qadrsizlanishi, oltin eksporti va pul o‘tkazmalarining o‘sishi hamda so‘m mustahkamlanishi haqidagi fikrlarini taqdim qildi.

Tahlilchilarning fikricha, mamlakatga valyuta oqimining kirib kelishi so‘m barqarorligiga yordam beradi. Biroq, uning mustahkamlanishi import tovarlarining arzonlashishiga ta’sir qilmasligi mumkin. Yil oxiri bilan dollar kursi 12 700−12 800 so‘m atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq Spot O‘zbekistonda iyun oyida dollarning rasmiy kursi qanday o‘zgargani haqida yozgandi. So‘m ketma-ket ikkinchi oy dollarga nisbatan mustahkamlanishda davom etdi. Iyun oyida milliy valyuta 114 so‘mga qimmatlashdi (+0,89%).