Toshkentning uchta tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Hududgaz poytaxt matbuot xizmati xabar berdi.

2-iyul kuni ta’mirlash ishlari sabab belgilangan vaqtlarda Sergeli, Yangihayot va Mirobod tumanlarining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.

Xususan:

Mirobod tumani (10:00 dan 17:00 gacha): “Chinor” MFY

  • Aholi xonadonlari soni: 148 ta ko‘p qavatli uy;
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 7 ta.

Sergeli tumani (14:00 dan 17:00 gacha): “Nomdanak”, “Junariq” MFYlari

  • Aholi xonadonlari soni: 990 ta yerli xonadon;
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 16 ta.

Yangihayot tumani (14:00 dan 17:00 gacha): Choshtepa ko‘chasi

  • Aholi xonadonlari soni: 435 ta yerli xonadon;
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 17 ta.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.