2025-yil 1-avgustdan boshlab AQSh Qozog‘istondan tovarlar importiga 25% boj joriy etadi. Bu haqda Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
U beshta davlat yetakchilariga, jumladan, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevga yo‘llagan maktublarini e’lon qildi.
Hujjatda aytilishicha, bojlarni joriy etish to‘g‘risidagi qaror Qozog‘iston tomonidan to‘siqlar va cheklovlar tufayli AQSh va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo nomutanosibligi bilan bog‘liq.
Trampning ta’kidlashicha, agar qozoq kompaniyalari AQSh hududida mahsulot ishlab chiqarishni boshlasa, bojlardan voz kechishga tayyor ekanligini bildirdi. U barcha ruxsat berish jarayonlari tez va byurokratiyasiz o‘tishini va’da qildi.
Agar Qozog‘iston bunga javoban o‘z tariflarini oshirishga qaror qilsa, har qanday ko‘tarilish amaldagi stavkaga qo‘shib hisoblanadi. Trampning aytishicha, yangi choralar AQSh iqtisodiyoti va milliy xavfsizligiga tahdid solayotgan ko‘p yillik savdo nomutanosibligini bartaraf etish uchun zarur ekan.
Yangi tariflar joriy etiladigan mamlakatlar ro‘yxatiga quyidagilar ham kiritildi:
- Malayziya — 25% ;
- Janubiy Afrika — 30%;
- Laos va Myanma — har biri 40%.
Ma’muriyat vakillari ta’kidlashicha, bojlarning maqsadi Amerika biznesini himoya qilish va jahon savdosida adolatni qayta tiklashdan iborat.
Avvalroq Spot Donald Tramp BRIKSni qo‘llab-quvvatlagan mamlakatlarga 10%lik boj solish bilan tahdid qilgani haqida yozgandi.
AQSh prezidenti birlashmaing Amerikaga qarshi siyosatini qo‘llab-quvvatlovchi har qanday davlatga istisnosiz qo‘shimcha boj joriy qilinishini e’lon qildi.