Qisqa videolar nafaqat e’tiborni, balki miyaning ishlashini ham o‘zgartirmoqda. Yangi tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, TikTok va Reels foydalanuvchilarida yo‘qotishlarga nisbatan sezuvchanlik pasayib, to‘satdan qaror qabul qilishga moyillik ortmoqda.
Bu o‘z-o‘zini nazorat qilish va rag‘batlantirish tizimlari o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu esa allaqachon fikrlash, tanlov va harakatlar ta’sir ko‘rsatmoqda.
NeuroImage jurnalida chop etilgan yangi neyrvizualizatsiya tadqiqotda TikTok kabi qisqa videoli platformalarga qaramlik alomatlari bo‘lgan kishilar yutqazishdan kamroq qo‘rqishadi va ko‘pincha xavfli tanlovlar qilishlari haqida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, bu holat, asosan, mukofotlarni baholash va xulq-atvorni nazorat qilish uchun javobgar bo‘lgan miya sohalarining o‘zgacha faollashuvi bilan bog‘liq.
Tadqiqotchilarning aniqlashicha, qisqa videolarga qaram bo‘lish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, “yo‘qotishlarni qabul qilmaslik” deb ataladigan holat shunchalik kuchsiz namoyon bo‘lar ekan.
Bu psixologik moyillik odatda yo‘qotishlarga teng qiymatdagi yutuqlarga qaraganda ko‘proq ahamiyat berishni anglatadi. Ushbu xususiyat odatda insonlarni xavfli qarorlar qabul qilishdan himoya qiladi.
Uning pasayishi qimor o‘yinlari, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarga qaram bo‘lgan kishilarda kuzatiladi. Ma’lum bo‘lishicha, xuddi shunday asab tizimi faoliyati naqshlari Reels va Shorts xizmatlaridan foydalanuvchilarda ham namoyon bo‘lmoqda.
Tadqiqotda qisqa videolarga qaramlik alomatlari bo‘yicha so‘rovnomadan o‘tgan 36 nafar talaba (18−24 yosh) ishtirok etdi. FMRT skanerlash paytida ular faraziy yutuq va yo‘qotishlarni o‘z ichiga olgan qimor holatlarini modellashtirib, moliyaviy qarorlar qabul qilish vazifalarini bajardilar.
Olimlar dreyf diffuziyasi (DDM) nomli matematik model yordamida ishtirokchilarning qaror qabul qilish tezligini, ularning qarorlarni qanchalik puxta o‘ylaganini va ehtimoliy yo‘qotishlarga qanday munosabat bildirganini aniqladilar.
Natijalar shuni ko‘rsatdiki:
- qisqa videolarga qattiq bog‘langan odamlar tezroq va impulsiv qarorlar qabul qilishdi;
- ularning yo‘qotishlarga bo‘lgan qarshiligi pastroq edi — ya’ni moliyaviy xatarlar ularni kamroq to‘xtatib qolardi;
- ularning miyasida prekunes (o‘z-o‘zini anglash va kognitiv nazorat bilan bog‘liq soha) faolligining pasayishi kuzatildi;
- shu bilan birga, miyacha va tez reaksiya uchun javobgar bo‘lgan sensomotor sohalarda faollik oshdi.
Qayd etilishicha, qisqa videolarga joylashtirilgan tezkor mukofotlash tizimlari miyaning ishlashiga ta’sir ko‘rsatib, uzoq muddatli oqibatlarni baholash qobiliyatini pasaytirishi mumkin. Bu yo‘qotishlarga nisbatan kamroq sezgir bo‘lib qolishgga olib keladi.
Avvalroq Spot TikTok AQSh uchun alohida ilova ishga tushirishi haqida yozgandi.
Yangi ilova chiqishi bilanoq, TikTok’ning “asl” versiyasi AQSh do‘konlaridan olib tashlanadi va 2026-yilning mart oyiga kelib, mamlakat hududida butunlay ishlamay qoladi.