Yangi biznes boshlayotganda yoki rebrending qilayotganda tadbirkorlar yo‘l qo‘yadigan asosiy kamchiliklardan biri brendga yoki mahsulotlarga noto‘g‘ri nom tanlashlari hisoblanadi.

Ayniqsa, yangi biznes boshlayotgan tadbirkorlar nomga ahamiyatsiz narsadek qarashadi, bu haqida ko‘p ham bosh qotirib o‘tirmay, hayoliga kelgan bir nechta nomlar orasidan chiroylirog‘ini tanlab ishni boshlab yuborishadi. Nomni patentlash esa yodlaridan ko‘tarilib qoladi yoki bu haqida bilishmaydi.

Nom chiroyli bo‘lishi — bu nom samaradorligini ko‘rsatuvchi mezonlardan biri xolos. Boshqa muhimroq o‘lchovlar ham bor.

Nom tanlashning olti mezoni

mountain, reklama

Mezonlar orasida eng muhimi, nomning patentga yaroqliligi sanaladi. Chunki, nom patentlanmagan bo‘lsa, qanchalik chiroyli, jarangdor va unikal bo‘lmasin istalgan odam, istalgan paytda uni patentlab, o‘ziniki qilib olishi mumkin.

Patentdan o‘tmaydigan nomlar qanchalik ko‘pligini his qilish uchun, patentlab bo‘lmaydigan nomlar ro‘yxatiga nazar tashlash kifoya:

  1. Mahsulot sifatini bildiruvchi nomlar: arzon, tabiiy, mazali, halol va hokazo.
  2. Joy nomlari: Osiyo, Toshkent, Ko‘kcha kabi.
  3. Faoliyat turini bildiruvchi nomlar: dorixona, supermarket, restoran, mebel, tekstil va hokazo.
  4. Bir-biriga o‘xshash nomlar: Bestin va Besten, Dera va Dena, Vista va Vesta’ga o‘xshash.
  5. Familiyalar: Esonov, Mamasaidov, Gulyamov va hokazo.
  6. Raqamlar: 777, 365, 24/7, 36,6.
  7. Patentdan o‘tmaydigan yoki patentlangan nomlarga qo‘shimchalar qo‘shish orqali yasalgan nomlar: Uchtepa Lavash, Andijon muzqaymog‘i, Olot somsa va hokazo.

Shunday qilib, tadbirkor patentlanmagan nom bilan yillab ishlab yuradi. Keyinchalik biznesni yangi bosqichga olib chiqish, brend qurish ehtiyoji paydo bo‘lganda tanlagan nomi patentga yaroqsiz ekanligi ayon bo‘ladi. Patentdan o‘tazish mumkin bo‘lgan nomlarni esa ba’zida boshqa tadbirkorlar allaqachon patentlab olgan bo‘lishi mumkin.

Boshida ahamiyatsizdek tuyulgan narsa jiddiy muammoga aylanadi. Endi, boshqa patentdan o‘tadigan nom topish kerak yoki nomning huquqiy egasidan nomni katta pulga sotib olishga to‘g‘ri keladi.

Masalan, “Mountain” agentligi mijozi, mebel sohasida faoliyat yurituvchi Muhammadsodiq yetti yil davomida “Zumrad” nomi ostida ishlab kelgan. Patentga ariza topshirishganida nom band bo‘lib chiqadi. Brendga qilingan yetti yillik investitsiyalar isrof bo‘lib, biznes egasining vaqti hamda puli kuyadi. Natijada kompaniya rebrending qilish uchun bizga murojaat qildi. Patentga yaroqsiz “Zumrad” nomini mijozimizga manzur bo‘lgan, patentdan o‘tadigan “Neos” nomiga o‘zgartirdi.

Savol tug‘ilishi tabiiy — “Nomni tadbirkor o‘zi o‘ylab topgani yaxshimi, yoki mutaxassisga murojaat qilish kerakmi?”

Tadbirkor odatda o‘z biznesini ipidan ignasigacha bilib, biznesga tegishli sohalarda fundamental bilimlarga ega bo‘ladi. Lekin, patentdan o‘tadigan kuchli nom topish ko‘ringanidek oson ish emas, balki strategik va kreativ yondashuv hamda yuridik ekspertiza talab qiladigan murakkab jarayon.

Shu sababli, tadbirkor soha mutaxassislari bilan hamkorlikda ish ko‘rgani yaxshi. Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin, degan gap bejizga emas axir. Buni tushungan tadbirkorlar brendning agentliklariga murojaat qilishadi.

Brending agentliklarda ushbu xizmat turi — “Neyming” deb ataladi. Bu kompaniya, mahsulot yoki xizmat uchun nomlarni professional tarzda ishlab chiqish jarayoni.

O‘rinli savol tug‘iladi: “Neyming o‘zi kimlarga kerak?”

1. Rebrendingga muhtoj korxonalarga.

Masalan, yaqinda agentligimizga qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida ishlab kelayotgan “Post Modern” kompaniyasi murojaat qildi.

Biznes egasi bilan suhbatda brend nomi patentdan o‘tmasligi aniqlandi. Rebrending qilish eng maqbul yechim, deb topildi.

Rebrending jarayonini brendingning asosi bo‘lgan nom ishlab chiqishdan boshladik. Nom ishlab chiqish jarayonining analiz bosqichida mijozning bozorda boshqalar uddalay olmayotgan vazifalarni uddalayotganini aniqladik va mijozga aynan shu g‘oyani bildiruvchi qisqa va jarangli — “UDDA” nomini taqdim qildik. Nom patentlab, logotip va qadoq dizaynlari yangilandi. Biroz muddat o‘tgach, kompaniya hodimlari ushbu mijoz bilan suhbat qilganida, biznesi 10 barobarga o‘sganini xabar qildi.

2. Yangi ochilayotgan bizneslarga.

3. Mahsulot yoki xizmatlarga.

Xo‘sh, neyming bozorida narxlar qanday?

$50 dan tortib $10 minggacha. “Nima uchun narxlar bir-biridan bu qadar farq qiladi?”, degan savol tug‘ilishi mumkin.

Narxlar qanchalik adolatli o‘rnatilganligini baholash uchun unga ta’sir qiluvchi omillarni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Ish bajaruvchi turi. Frilanser xizmatlari arzonroq, agentlik xizmatlari esa qimmatroq bo‘ladi. Sababi, frilanser vazifani yakka o‘zi bajarsa, agentliklarda loyihaga — neymer, loyiha menejeri, tadqiqot mutaxassislari va rasmiy patent vakili kabi bir nechta mutaxassislar jalb qilinadi. Sifat va natija ham shunga yarasha bo‘ladi.

Tajribali agentliklarda nom ishlab chiqish jarayoni faqat nom o‘ylab topish emas, balki bir necha bosqichlardan iborat bo‘ladi. Masalan, agentligimizda nom yaratish — brifing, analiz, generatsiya, sifat nazorati, taqdimot, audit va loyiha hisoboti kabi yetti bosqichli jarayon.

Ish bajaruvchining tajribasi. Katta tajribaga ega agentlik yoki mutaxassislarning narxlari ham malakasiga yarasha bo‘ladi. Ish bajaruvchi mahorati va tajribasining eng zo‘r isboti — bu uning muvaffaqiyatli loyihalari va ish namunalaridir.

Vazifaning murakkabligi. Biznes hajmi qancha katta, mijoz kutuvlari qancha ko‘p bo‘lsa, loyiha shunchalik murakkab bo‘ladi. Bunday vazifa uchun shunchalik ko‘p resurslar va mehnat talab qilinadi.

Shuningdek, qo‘shimcha variantlar va patent tekshiruvi qo‘shimcha vaqt talab qilganligi sababli, xarajatlarni oshiradi.

Huquqiy himoya. Nomni Intellektual mulk agentligi ro‘yxatidan o‘tkazish, ya’ni patentlash alohida pul turadi.

Nom uzunligi. Nom qanchalik qisqa bo‘lishi narxga ta’sir qiladi.

Ko‘p yo‘nalishlilik. Qanchalik ko‘p yo‘nalishlarda (savdo, ishlab chiqarish, qurilish va boshqalar) patentdan o‘tadigan nom kerak bo‘lsa, narx shunchalik oshib boradi.

Globallik. Nom geografiyasining qo‘llanish doirasi kengaygani sari nom unikalligiga qo‘yiladigan talablar ham oshib boradi. O‘z navbatida narxlar ham.

Tezlik. Nom qanchalik tez fursatda kerak bo‘lsa, tabiiyki bu narxga ham ta’sir qiladi.

Ushbu omillardan kelib chiqib, narxlar qanchalik adolatli ekanligiga baho berish oson bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, brendga yaxshi “ism qo‘yish” va uni patentlash — bu kuchli brend qurish yo‘lidagi birinchi qadam.

Agar kimdadir neyming bo‘yicha savollar tug‘ilgan bo‘lsa yoki brendi uchun patentdan o‘tadigan, o‘ziga xos nomga buyurtma bermoqchi bo‘lsa, ushbu havola orqali bepul konsultatsiyaga yozilishi mumkin.

Telefon: (+998) 90−062−31−11.
Manzil: Yakkasaroy t-ni, Shota Rustaveli ko‘ch., 150 uy.
Mo‘ljal: Vega Center, 3-qavat, 24-xona.

Sayt: mount.uz
Instagram: @mountain_uz
Telegram: t.me/mountain_uz

Reklama huquqlari asosida.