AQShning meva va yong‘oq hosilining katta qismini yetishtiradigan Kaliforniya qishloq xo‘jaligi hududlarida bu yoz dalalar va bog‘lar qo‘l tegmay qolmoqda, deya xabar bermoqda EastFruit.
Bunga immigratsiya xizmatining ommaviy tekshiruvlari sabab bo‘lib, migrant ishchilarning ko‘pchiligi fermer xo‘jaliklaridan ketgan.
Hozirda ishchilarning 70%ga yaqini ishga chiqmayapti. An’anaviy ravishda migrantlarning qo‘l mehnatiga tayanib kelgan soha hozir inqiroz yoqasiga kelib qoldi.
Vilt materialiga tayanib AgroTimes yozishicha, ayniqsa hosili bir necha kun ichida buzilishi mumkin bo‘lgan fermer xo‘jaliklari eng ko‘p zarar ko‘rmoqda.
“Mevalar juda tez buziladi. Ishchilarning 70%i ishga chiqmasa, hosilning asosiy qismi daraxtlarda qolib ketadi. Amerikaliklar ko‘pchiligi esa bu ishni bajarishni xohlamaydi”, — deb aytadi fermer Liza Teyt.
Donald Tramp hukumati deportatsiya bo‘yicha qat’iy siyosatni ochiq-oydin e’lon qilayotgan bo‘lsa-da, amerikalik fermerlar o‘rnini to‘ldirish imkonsiz bo‘lgan tajribali ishchilarni yo‘qotayotganini tan olmoqda.
Jurnalistlar ma’lumotiga ko‘ra, ma’muriyat muhojirlarga fuqarolik bermasdan, ularning bir qismiga ishlash uchun ruxsatnoma berish variantini ko‘rib chiqmoqda.