YouTube Trendda bo‘limi ishga tushirilganidan o‘n yil o‘tib, yaqin bir necha hafta ichida yopilishini e’lon qildi. Bu haqda Variety nashri xabar berdi.
Kompaniyaning tushuntirishicha, bo‘lim foydalanuvchilarning dolzarb qiziqishlarini samarali aks ettirishni to‘xtatgan, chunki tendensiyalar yanada xilma-xil va individual bo‘lib qolgan.
Trendda bo‘limi o‘rniga xizmat foydalanuvchilarga “Ommabop musiqiy kliplar”,"Haftalik eng yaxshi podkastlar" va “Trenddagi treylerlar” kabi tematik jadvallarni taklif qiladi.
Kelajakda YouTube shunday mavzuli toifalar sonini ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.
Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, 2015-yilda “Trendda” bo‘limi ishga tushirilganda, u haqiqatan ham foydalanuvchilarga mashhur virusli roliklarni tezda topishga yordam bergan.
Biroq, o‘tgan vaqt davomida kontentning xilma-xilligi sezilarli darajada oshdi va mahalliy hamda sohaviy tendensiyalar yagona umumiy tasmadan ko‘ra muhimroq bo‘lib qoldi.
Avvalroq Spot YouTube sun’iy intellekt qidiruv tizimini ishga tushirgani haqida yozgandi. Funksiya YouTube videolarni ochmasdan turib ulardagi kerakli ma’lumotni tezda topish imkonini beradi. Biroq u hozircha faqat AQShlik foydalanuvchilar mavjud.