Apple eski kompyuterlar ro‘yxatiga bir nechta Mac kompyuterlari, bitta iPhone modeli va bir nechta iPad modellarini qo‘shdi. Bu haqda MacRumors kompaniyaga tayanib xabar bermoqda.

Shunday qilib, 2013-yilgi Mac Pro endilikda eskirgan mahsulot deb e’tirof etildi. Bu kompyuter 2019-yilgacha, ya’ni Mac Pro “qirg‘ich” ko‘rinishida ishlab chiqarilgunga qadar sotuvda bo‘ldi.

2013-yilgi Mac Pro o‘zining ixcham shakli bilan innovatsion kompyuter hisoblanardi, biroq ichki qismlarini yangilash uchun yetarli joy bo‘lmagani sababli professional foydalanuvchilarning talablarini to‘liq qondira olmadi.

Mac Pro bilan bir qatorda, Apple o‘z ro‘yxatiga 2019-yilgi MacBook Air, 2019-yilgi 13 dyuymli MacBook Air, 2019-yilgi iMac, 2018-yilgi 11 dyuymli iPad Pro va 2018-yilgi uchinchi avlod 12,9 dyuymli iPad Pro eski qurilmalarini ham qo‘shdi.

Avvalroq Apple Apple iPhone XS modelini eskirgan deb topgandi. Bundan tashqari, kompaniya iPad 5 planshetini ham eskirgan qurilmalar ro‘yxatiga kiritildi.

Shuningdek, Apple iPhone 7 Plus va iPhone 8 modellarini eskirgan deb topgandi. Shuningdek, Apple iPad Air 2 va iPad mini 2 modellarini eskirgan qurilmalar ro‘yxatiga kiritdi.

Shu bilan birga, Apple iPhone 6S smartfoni va Mac mini kompyuterini eskirgan qurilmalar ro‘yxatiga kiritgandi.

Nashr mualliflari 6S 2015-yilda ishlab chiqarilganini, biroq 2018-yilgacha sotuvda qolganini ta’kidladilar. Shu bois, qurilma ishlab chiqarilganidan 10 yil o‘tgachgina uni eskirgan deb e’lon qilishdi.


Avvarloq Spot Apple iOS 26ning beta-versiyasida interfeys dizayniga o‘zgarishlar kiritgani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, kompaniya taqdim qilgan Liquid Glass vizual uslubi kamroq shaffof, elementlari esa yanada o‘qilishi oson bo‘ldi.