Toshkent shahrida 2,7 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tijoratchilar aniqlandi. Bu haqda Hududgazta’minot xabar berdi.
Bektemir tumanida o‘tkazilgan tadbirda Oltintopgan MFYdagi xonadonlarning birida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi.
Fuqaro gaz ta’minoti tashkiloti bilan shartnoma imzolamasdan tijorat maqsadida konserva mahsulotlarini tayyorlash uchun tabiiy gazdan o‘zboshimchalik bilan foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma tuzildi va iste’molchi tabiiy gaz tarmog‘idan uzildi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2 mlrd 731 mln so‘mlik zarar keltirilgani ma’lum bo‘ldi.
Holatga tegishli barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi. Toshkent shahrida nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Avvalroq Spot ikkita hududda 4,4 mlrd so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingani haqida yozgandi.
Xususan, Jizzax viloyatida dispanser, Farg‘onada esa oshxona tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.