Alphabet (Google) tarkibiga kiruvchi Isomorphic Labs kompaniyasi sun’iy intellekt yordamida yaratilgan dori vositalarining klinik sinovlarini boshlashga tayyorlanmoqda.

Bu haqda Isomorphic prezidenti va Google DeepMind biznes direktori Kolin Merdok Fortune nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Uning ta’kidlashicha, kompaniyaning Londondagi ofisidagi xodimlari allaqachon sun’iy intellekt bilan birgalikda saraton kasalligiga qarshi dori-darmonlar yaratish ustida ishlamoqda.

AlphaFold allaqachon boshqa dori vositalarini ishlab chiqishda dastlabki yutuqlarni namoyish etdi. Biroq, sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan saratonga qarshi dori vositalarining “jonli” sinovlari ilk bor o‘tkaziladi.

Qayd etilishicha, kompaniya hozirda saraton kasalligiga qarshi dori vositasini sinovdan o‘tkazish uchun birinchi ko‘ngillilarni yig‘moqda.

Model preparatni ishlab chiqishga yordam berdi. U oqsillar va DNK tuzilishidagi o‘zgarishlarni oldindan aytib bera oladi.

Ishlab chiquvchilar kelajakda ushbu sun’iy intellekt har qanday kasallikni davolay olishiga ishonch bildirmoqdalar.

Avvalroq Google tibbiyot xodimlari uchun MedGemma ochiq sun’iy intellekt modelini taqdim etgani haqida xabar berilgandi.

Qayd etilishicha, model radiologiya, dermatologiya yoki gistopatologiya kabi murakkab sohalarda zarur bo‘lgan ma’lumotlarni beradi, matn va rasmlar bilan ishlay oladi.