OpenAI ishlab chiquvchilari ChatGPT suhbat-botiga bepul uslublar funksiyasini qo‘shdi. Bu haqda hi-tech mail nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, funksiya kerakli uslubda tasvirlar yaratish imkonini beradi va mazkur imkoniyat barcha foydalanuvchilar uchun mavjud.

Hozirda 9 ta oldindan o‘rnatilgan uslub mavjud, jumladan, Anime, Cyberpunk, Dramatic C/B, Photo, Coloring, Retro va Neon.

BleepingComputer’ning ta’kidlashicha, ChatGPT’dagi funksiya tezkor shablonlardir. Foydalanuvchi rasmda ko‘rishni xohlagan narsasinigina yozishi mumkin.

Oldindan tayyorlangan prompt esa sun’iy intellekt modeli uchun rasmning stilistik nozikliklarini tasvirlab beradi. Tarmoqlarda yangilikni “dangasalar uchun funksiya” deb atashdi, chunki endi “promt"larning nozik tomonlarini tushunishga hojat qolmaydi.

ChatGPTda uslublar funksiyasidan foydalanish uchun avval chat-botni ishga tushirish, keyin “Rasm” tugmasini, so‘ngra “Uslublar” bo‘limini tanlash kerak.

Shundan so‘ng, taklif etilgan to‘qqizta uslubdan birini tanlab, kiritish maydoniga tasvirda aks ettirilishi kerak bo‘lgan narsalarni tavsiflovchi matnli so‘rovi yoziladi.


Avvalroq Spot ChatGPT birgalikda o‘rganish funksiyasini sinovdan o‘tkazayotgani haqida yozgandi.

Hozircha funksiyaning qachon taqdim qilinishi, barcha foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lishi yoki obuna talab qilinishi haqida ma’lumot berilmagan.