Qashqadaryo viloyatida 1,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
O‘zenergoinspeksiya Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida nazorat tadbirida o‘tkazilgan.
Unda Kasbi tumanida joylashgan “Sh.Sh.A” fermer xo‘jaligi suv chiqarish nasosini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 1 mlrd 781 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Spot Samarqandda 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingani haqida yozgandi.
Xususan, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi fermer xo‘jaligi tijorat maqsadida suv nasoslarini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab olgan.