Patent nizolari sababli AQShda iPhone sotuvini taqiqlashi mumkin, deya xabar bermoqda hi-tech mail nashri.
AQSh Xalqaro savdo komissiyasi Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi bilan Xitoyning BOE kompaniyasi o‘rtasidagi patent nizosi bo‘yicha dastlabki qaror chiqardi.
BOE kompaniyasi Apple smartfonlari uchun asosiy displey yetkazib beruvchilardan biri hisoblanadi.
MacRumors nashrining ta’kidlashicha, bu qaror ayrim iPhone modellarining, xususan iPhone 15, 15 Plus, 16, 16 Plus va 17 modellarining sotuviga bevosita xavf tug‘dirmoqda.
Komissiya qaroriga ko‘ra, BOE kompaniyasi OLED-displeylarni ishlab chiqarishda qo‘llash uchun Samsung‘ning tijorat sirlaridan noqonuniy foydalangan.
Shu munosabat bilan, ushbu butlovchi qismlarni, shu jumladan ular ishlatiladigan qurilmalarni AQShga import qilishni to‘xtatish tavsiya etiladi.
Biroq, qaror dastlabki ekanligini hisobga olish kerak. Ish bo‘yicha yakuniy hukm 2025-yil noyabrigacha chiqarilishi kutilmoqda, sud jarayoni esa 2023-yil kuzidan beri davom etmoqda.
Agar AQSh Xalqaro savdo komissiyasi o‘z qarorini o‘zgartirmasa, Apple kompaniyasi BOE displeylariga ega iPhone smartfonlarining barcha partiyalarini boshqa bozorlarda sotish uchun mamlakatdan olib chiqib ketishga majbur bo‘ladi.
Amerika iste’molchilari uchun esa faqat Janubiy Koreyaning LG yoki Samsung kabi muqobil ishlab chiqaruvchilarning ekranli modellari yaroqli bo‘ladi.
Avvalroq Spot Apple iPhone 17 Proda titandan voz keshishi haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, Apple premium materialdan voz kechib, arzonroq alyuminiy yoki zanglamaydigan po‘latdan foydalanadi.