OpenAI ChatGPT Agent — kompyuterda vazifalarni mustaqil ravishda bajaradigan yordamchini taqdim etdi.

Qayd etilishicha, bu nafaqat savollarga javob beradigan, balki foydalanuvchi nomidan harakat qiladigan aqlli yordamchi hisoblanadi.

U ilovalarni ishga tushirishi, ma’lumotlarni qidirishi, fayllarni qayta ishlashi, kod yozishi, jadvallarni tahlil qilishi va hatto onlayn buyurtmalarni rasmiylashtirishi mumkin.

Agent Mode Operator va Deep Research vositalarini o‘zida mujassamlashtiradi. Endi ChatGPT API, brauzer va terminal bilan to‘laqonli agent sifatida ishlay oladi.

Masalan, u bitta so‘rov doirasida sayohatni rejalashtirish, raqobatchilar tahlilini yig‘ish va zarur tovarlarni yetkazib berishni rasmiylashtirish kabi vazifalarni bajara oladi.

Sun’iy intellekt asosiy harakatlarga ruxsat so‘raydi va real vaqt rejimida bajarilish jarayonini ko‘rsatadi. Foydalanuvchi istalgan vaqtda vazifani to‘xtatishi yoki uni o‘zgartirishi mumkin.

Agent ChatGPT Plus, Team va Pro obunachilari uchun mavjud. Tez orada u Enterprise va Education uchun versiyalarda paydo bo‘ladi (YEIH mamlakatlari va Shveytsariyadan tashqari).

OpenAI’ning ta’kidlashicha, rejim xavfsiz: zararli xatti-harakatlardan himoya, bioxavfsizlik va Watch Mode rejimi joriy etilgan — u to‘lov kabi nozik operatsiyalarni amalga oshirishdan oldin alohida tasdiqlashni talab qiladi.


Avvalroq Spot ChatGPTda tasvirlarni yaratish uchun uslublar funksiyasi paydo bo‘lgani haqida yozgandi.

Funksiya kerakli uslubda tasvirlar yaratish imkonini beradi va barcha foydalanuvchilar uchun taqdim etildi.