Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar vakillari 18-iyul, juma kuni Bryusselda Slovakiya tomonidan bir necha haftalik blokadaga qaramay, allaqachon 18-sanksiyalar paketini qabul qilishga kelishib oldilar, dedi Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ma’qullangan cheklovlar Rossiyaga nisbatan bugungi kundagi “eng qattiq” sanksiyalar paketlaridan biri bo‘ladi.
“Biz qat’iy turibmiz. Hozirgina YeI Rossiyaga qarshi eng qat’iy sanksiyalar paketini tasdiqladi. Biz Kremlning harbiy budjetini yanada ko‘proq qisqartiramiz, yana 105 ta „yashirin flot“ kemalari va ularning sheriklariga qarshi sanksiyalar kiritamiz, shuningdek, Rossiya banklarining moliyalashtirishdan foydalanishini cheklaymiz”, — deb yozdi Kallas X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
https://twitter.com/kajakallas/status/1946092488604758465
Yangi sanksiyalar paketining asosiy maqsadi Rossiyaning uchinchi mamlakatlarga neft eksportidan oladigan daromadlarini yanada qattiqroq cheklash va Rossiya moliya sektoriga zarba berishdan iborat.
Shuningdek, “Shimoliy oqim” gaz quvurining ishini qayta tiklash va “Shimoliy oqim-2"dan foydalanish imkoniyatini butunlay istisno etish rejalashtirilmoqda.
Yevropa Ittifoqi davlat va hukumat rahbarlari iyun oyidagi sammitidan so‘ng sanksiyalar paketini kelishish rejalashtirilgan edi, biroq Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso veto qo‘yish bilan tahdid qildi va bu jarayonni to‘xtatib qo‘ydi.