IT Park Uzbekistan qoshidagi StartupBase platformasi AI Hackathon Samarkand 2025 ga ro‘yxatdan o‘tish boshlanganini e’lon qildi.
Musobaqa sun’iy intellekt sohasidagi ishlanmalarga bag‘ishlangan bo‘lib, Samarqandda o‘tkaziladi. U Angel Connect startap ekotizimi tomonidan IT Park bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Xakaton uch kun — 6-avgustdan 8-avgustgacha davom etadi. Birinchi kuni jamoalar o‘zlari keyinchalik ishlab chiqadigan loyihalarining g‘oyasini qisqacha taqdim etishlari lozim bo‘ladi.
Ishtirokchilar uchun asboblar bo‘yicha ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar (seminar-treninglar) o‘tkaziladi, shuningdek, mutaxassislarning mentorlik ko‘magi taqdim etiladi. Ishlanmalar Hilton Samarkand mehmonxonasi hududida namoyish qilinadi.
Eng yaxshi loyihalar mukofotlanadi: g‘olib jamoa a’zolarining barchasiga noutbuklar, 2-o‘rin egalari uchun planshetlar va 3-o‘rin sovrindorlari uchun smartfonlar topshiriladi. Bundan tashqari, ishtirokchilar hamkorlik jamoalarini tuzish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Xakatonda 3−5 a’zodan iborat jamoalarda 100 kishi ishtirok etishi mumkin. 1-avgustgacha havola orqali ariza topshirish mumkin.
Avvalroq Spot O‘zbekiston sun’iy intellekt infratuzilmasini rivojlantirishga $50 mln yo‘naltirishi haqida yozgandi.
Ta’lim, sog‘liqni saqlash, qurilish va kommunal sohalarda “raqamli hukumat” tizimini yaratishni boshlash rejalashtirilmoqda.