Twitter ijtimoiy tarmog‘i asoschilaridan biri va sobiq rahbari Jek Dorsi yangi Sun Day nomli ilovani ishlab chiqdi. Bu haqda Lifehacker nashri xabar berdi.
Ilova u quyoshda xavfsiz bo‘lish vaqtini va sayr paytida olinishi mumkin bo‘lgan D vitaminining taxminiy darajasini baholaydi.
Shuningdek, dastur geolokatsiya bo‘yicha hududingizdagi ultrabinafsha nurlanish indeksini aniqlaydi va kunning yorug‘lik davomiyligini ko‘rsatadi.
Foydalanuvchi avval teri turini va taxminan qanday kiyinganini ko‘rsatishi kerak. Ko‘chaga chiqqach, sessiyani boshlash uchun “Boshlash” tugmasini bosishning o‘zi yetarli hisoblanadi.
Sun Day dasturi qabul qilinayotgan D vitamini miqdorini xalqaro birliklarda taxminan hisoblab beradi. Bundan tashqari, u Burn Limit ko‘rsatkichini ham namoyish etadi — bu kuyib qolmaslik uchun tashqarida yana qancha vaqt o‘tkazish mumkinligini bildiradi.
Bu Dorsining so‘nggi vaqtlardagi ikkinchi ilovasi bo‘ldi — bir necha kun oldin u internetsiz ishlaydigan shifrlangan Bitchat messenjerini ishga tushirdi. Messenjer Wi-Fi yoki uyali aloqasiz xabarlar yuborish imkonini beruvchi Bluetooth tarmoqlari orqali ishlaydi.
Sun Day ilovasini iOS’ga TestFlight sinov xizmati orqali o‘rnatish mumkin: avvalo TestFlight’ni, so‘ngra ilovaning o‘zini o‘rnatish kerak.
Yangi ilovaning manba kodi GitHub’da mavjud. Android versiyasi haqida hozircha hech qanday ma’lumot berilmagan.