Donald Tramp tarixdagi birinchi GENIUS kripto qonuniga imzo chekdi — bu AQShda steyblkoinlarni rasmiy qonuniylashtirishdir, deb yozadi Bloomberg.
Steyblkoinlar sohasidagi milliy innovatsiyalarni boshqarish va joriy etish to‘g‘risidagi qonun (GENIUS Act) AQShda steyblkoinlar uchun qonuniy-me'yoriy asosni yaratishni maqsad qilgan.
Hujjat banklarga aktivlar bilan majburiy ta’minlangan holda to‘lov vositasiga tenglashtirilgan o‘z raqamli dollarlarini chiqarishga ruxsat beradi.
“GENIUS Act qonuni dollar bilan ta’minlangan steyblkoinlarning ulkan salohiyatini o‘rnatish va ro‘yobga chiqarish uchun aniq va sodda me’yoriy asosni yaratadi. Bu, ehtimol, internet paydo bo‘lganidan buyon moliyaviy texnologiyalar sohasidagi eng katta inqilobdir,” — deb ta’kidladi Donald Tramp Oq uydagi marosimda.
AQSh Kongressi Vakillar palatasi 17-iyul kuni kriptovalyuta bozori tuzilmasi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi.
U qimmatli qog‘ozlar va bozorlar bo‘yicha komissiyaning (SEC) tovar fyucherslari savdosi bo‘yicha komissiyasidan (CFTC) sohani nazorat qilish vakolatlarini qayta taqsimlaydi. U tokenlarni qimmatli qog‘oz emas, balki tovar sifatida belgilaydi.
Palata, shuningdek, yana ikkita qonunchilik tashabbusini ma’qulladi — steyblkoinlar (AQSH dollariga bog‘langan kriptovalyuta tokenlari) va Markaziy bankka (FZT) raqamli valyutani chiqarishni taqiqlash.
Steyblkoinlar haqidagi qonun loyihasi (avvalroq senat tomonidan ma’qullangan) prezident Donald Trampga imzolash uchun, boshqa ikkitasi esa yuqori palataga ko‘rib chiqish uchun yo‘llanganini Reuters xabar bermoqda.
Steyblkoinlar to‘g‘risidagi qonun loyihasi (Genius Act) va kriptovalyuta bozori tuzilmasi haqidagi qonun loyihasi (Clarity Act) har ikkala partiyadan kuchli qo‘llab-quvvatlash oldi. Xususan, Genius Act 122 ta ovozga qarshi 308 ta ovoz bilan qabul qilindi.
“Aniqlik to‘g‘risidagi qonun” yoki “Shaffoflik qonuni” 134 ta ovozga qarshi 294 ta ovoz bilan qabul qilindi. U kriptovalyutaning qimmatli qog‘oz yoki tovar ekanligini aniq belgilaydi, shuningdek, SECning ushbu sohaga nisbatan vakolatlarini aniqlashtiradi va CFTCning huquqlarini kengaytiradi.
Kriptovalyuta kompaniyalari aksariyat tokenlarni qimmatli qog‘ozlar emas, balki tovarlar sifatida tasniflanishi kerak deb hisoblashmoqda.
Qonun loyihasi platformalarga qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi bir qator qonunlarga rioya qilmasdan o‘z mijozlariga ushbu tokenlarni taklif qilish imkonini beradi.
Vakillar palatasi, shuningdek, Federal zaxira tizimiga (FZT) raqamli valyuta chiqarishni taqiqlovchi qonun loyihasini (Anti-CBDC Surveillance State Act) qabul qildi.
Respublikachilarning fikricha, pulning bunday raqamli formati amerikaliklarning shaxsiy hayot daxlsizligi huquqini buzishi mumkin.
Avvalroq Spot Emirates aviakompaniyasi kriptovalyuta orqali to‘lovni amalga oshirishni rejalashtirilayotgani haqida yozgandi.
Tizimni ishga tushirish 2026-yilda rejalashtirilgan bo‘lib, bu orqali Emirates kriptovalyutani to‘lov usuli sifatida joriy qilgan birinchi aviatashuvchiga aylanadi.