Farg‘ona viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi X.F MCHJga qarashli mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish sexida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlangan.

Mutaxassislarning dastlabki xulosalariga ko‘ra, jamiyat tomonidan 6 mlrd so‘mlik qiymatdagi 2,1 mln kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Avvalroq Spot Toshkent shahrida 2,7 mlrd so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingani haqiqda yozgandi.

Xususan, Bektemir tumanidagi xonadonda konserva mahsulotlarini tayyorlash uchun tabiiy gazdan o‘zboshimchalik bilan foydalanib kelinayotgani aniqlandi.