YouTube Shorts yaratishni osonlashtiradigan yangi generativ sun’iy intellekt funksiyalarini joriy qilishni boshladi. Bu haqda Kod Durova nashri xabar berdi.

Endi foydalanuvchilar atigi bitta rasm yoki matndan video roliklar yaratishlari, shuningdek, murakkab video effektlarni qo‘llashlari mumkin. Bularning barchasi o‘rnatilgan AI Playground yordamida amalga oshiriladi.

Taqdim etilgan vositalar orasida oddiy suratni dinamik videoga aylantirish imkonini beruvchi funksiya ham mavjud. Bunday roliklarning aniq davomiyligi hozircha oshkor etilmagan bo‘lsa-da, katta ehtimol bilan gap qisqa format haqida ketmoqda.

Yangi imkoniyatlar bosqichma-bosqich ishga tushiriladi. Dastlab ular AQSh, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiyada paydo bo‘ladi.

Kelajakda YouTube boshqa mamlakatlardagi foydalanuvchilarga ham sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq YouTube Shorts tomosha qilish vaqtini cheklamoqchiligi haqida xabar berilgandi.

Bunda foydalanuvchilar Shorts tomosha qilish vaqtini nazorat qilish uchun kunlik taymer o‘rnatishlari mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, YouTube Shorts tomoshalarini hisoblash usulini o‘zgartirishini e’lon qilgandi.

Qisqa videolar ko‘rishlar soni endi ijodkorning qisqa videosini necha marta ishga tushirgani yoki qayta-qayta tomosha qilganini hisobga oladi.

Avval tomosha soniya ichida Short tomosha qilinganidan keyin hisoblanardi. Ushbu o‘zgarish natijasida ko‘rishlar soni kelgusida oshadi.

Bundan tashqari Shorts uchun sun’iy intellekt video generatorini ishga tushirgani haqida xabar berilgandi.

Qayd etilishicha, Dream Screen funksiyasi Shorts qisqa videolar bo‘limi uchun matnli tavsif asosida to‘liq videolar yaratish imkonini beradi.