23-iyul kuni “Agat Credit” AJ MFO tomonidan 30 mlrd so‘m miqdoridagi ikkinchi obligatsiya emissiyasi joylashtirildi. Emissiya boshlangandan atigi uch soat ichida to‘liq sotib olindi. Qimmatli qog‘ozlar joylashtiruvi Freedom Broker tomonidan amalga oshirildi, u mazkur emissiyaning anderrayteri sifatida ishtirok etdi.

Agat Credit — O‘zbekiston Respublikasida Markaziy bankning 2018-yil 15-dekabrdagi №53-sonli Litsenziyasi asosida faoliyat yuritayotgan jadal rivojlanayotgan mikromoliya tashkilotdir. Bugungi kunda kompaniyada 150 dan ortiq xodim ishlaydi, 4700 nafar faol mijozga xizmat ko‘rsatilmoqda, filiallar tarmog‘i esa 12 ta hududdagi 45 ta ofisni qamrab olgan. Asosiy faoliyat yo‘nalishi — kichik va mikro biznesni, shu jumladan, o‘zini o‘zi band qilganlar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni moliyalashtirish.

So‘nggi 3 yil davomida berilgan kreditlar hajmi 400 mlrd so‘mdan oshgan. Kompaniya strategiyasi faol ekspansiyaga yo‘naltirilgan: 2027-yilgacha mamlakat bo‘ylab yana 250 ta savdo nuqtasini ochish rejalashtirilgan.

Agat Credit obligatsiyalarining ikkinchi emissiyasi O‘zbekiston fond birjasida Freedom Broker tomonidan atigi 3 soat ichida sotildi. Har bir obligatsiyaning nominal qiymati 100 ming so‘mni tashkil etadi, yillik 28% kupon to‘lovlari bilan 12 oy muddatga chiqarilgan. Ushbu joylashtirish natijalari sarmoyadorlar orasida shaffof shartlarga va jozibador daromadlilikka ega moliyaviy vositalarga bo‘lgan yuqori qiziqishni tasdiqladi. Kompaniyaning 2025-yil boshidagi birinchi emissiyasi ham yuqori talab bilan ajralib turgan edi, biroq ikkinchi emissiya mamlakat moliyaviy bozorida yangi marrani belgiladi.

Obligatsiyalar dasturi O‘zbekiston Respublikasi Yangi loyihalarni ilgari surish milliy agentligi hamda “Agat Credit” AJ MFO Kuzatuv kengashi tomonidan ma’qullangan bo‘lib, bu uning qonunchilikka va shaffoflikning yuqori standartlariga muvofiqligini ko‘rsatadi.

Hozirda Agat Credit va Freedom Broker birgalikda uchinchi obligatsiyalar emissiyasini tayyorlamoqda — u yaqin kunlarda taqdim etiladi.

Teelefon:1135

Sayt: ffin.uz

Reklama huquqlari asosida.