Joriy yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 5 mln 982,3 ming so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 17,2% ga o‘sgan.

Yanvar-iyun oylarida hududlar kesimida eng yuqori ish haqi Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi — 10,1 mln so‘m (18,8%).

Keyingi o‘rinlarda 7,48 mln so‘m bilan Navoiy hamda 5,67 mln so‘m bilan Toshkent viloyatlari turibdi. Ish haqining eng kam miqdori esa 4,14 mln so‘m bilan Qashqadaryo viloyatida qayd etildi.

Hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi:


Hududlar
O‘rtacha oylik ish haqi
2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish
1
Toshkent shahri
10 138 400 so‘m
18,8%
2
Navoiy viloyati
7 484 400 so‘m
13,4%
3
Toshkent viloyati
5 674 400 so‘m
15,3%
4
Andijon viloyati
4 935 300 so‘m
11%
5
Sirdaryo viloyati
4 789 800 so‘m
18%
6
Buxoro viloyati4 797 200 so‘m
14,8%
7
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
4 757 200 so‘m
14,2%
8
Xorazm viloyati
4 720 100 so‘m
15,6%
9
Jizzax viloyati
4 476 100 so‘m
17%
10Farg‘ona viloyati
4 443 800 so‘m16,9%
11
Samarqand viloyati
4 435 400 so‘m
15,8%
12
Namangan viloyati
4 350 100 so‘m
16,6%
13
Surxondaryo viloyati
4 256 500 so‘m
19,1%
14
Qashqadaryo viloyati
4 148 300 so‘m
14,3

Yanvar-iyun oylarida sohalar kesimida eng yuqori o‘sish (20,7%) san’at, ko‘ngil ochish va dam olish yo‘nalishlarida kuzatilib, o‘rtacha oylik ish haqi 5,03 mln so‘mga yetdi. Axborot va aloqa sohasida oylik ish haqi 17% o‘sish bilan, 14,7 mln so‘mni tashkil qilgan.

Bank va sug‘urta sohasida o‘rtacha ish haqi eng yuqori — 16,25 mln so‘mni qayd etganiga qaramay, o‘sish 13,9% bo‘ldi. Tashish va saqlash sohalarida o‘rtacha ish haqi 9 mln so‘m bilan 16% ga, sanoat sohasida esa 7,17 mln so‘m bilan 16% ga oshgan.

Bu davrda eng past ish haqi (3,69 mln so‘m) sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida qayd etilib, o‘sish o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,4% ni tashkil etdi.

Axborot va aloqa sohasi

Mazkur sohaning asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha maoshning eng yuqori ko‘rsatkichi quyidagicha:

  • dasturlashtirish, maslahat berish va boshqa yordamchi xizmatlar — 19,41 mln so‘m;
  • axborot xizmatini ko‘rsatish — 18,47 mln so‘m;
  • aloqa sohasi — 11,67 mln so‘m;

Moliya va sug‘urta sohasi

Bunda eng yuqori o‘rtacha oylik ish haqi majburiy ijtimoiy sug‘urtalashdan tashqari, qayta sug‘urtalash va nafaqa jamg‘armalari hamda moliyaviy xizmatlar va sug‘urtalash faoliyatida qayd etilgan — mos ravishda 19,62 mln va 15,51 mln so‘m.

Eng past ko‘rsatkich esa sug‘urtalash va nafaqa ta’minoti xizmatlarida (15,89 mln so‘m) kuzatilgan.

Ta’lim sohasi

Bu sohada o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi oliy ta’limda qayd etildi — 9,57 mln so‘m. Eng past ko‘rsatkich esa maktabgacha ta’limga to‘g‘ri keladi — 2,2 mln so‘m.

Texnik va professional ta’limda o‘rtacha maosh 4,2 mln so‘mni hamda umumiy o‘rta ta’limda 4,07 mln so‘mni tashkil etgan.