2025-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston eksportdan ko‘ra ko‘proq gaz import qildi, deya ma’lum qildi Milliy statistika qo‘mitasi.

Birinchi yarim yillikda Turkmaniston va Rossiyadan gaz importi 30%ga qisqarib, $571,8 mlnni tashkil etdi. Yanvar oyida tabiiy gaz yetkazib berish $27,8 mlnni tashkil etgan bo‘lsa, fevral oyida $8 mlngacha, mart oyida $2,7 mlngacha kamaydi. Aprel oyida gaz importi $112 mlngacha, may oyida $135 mln gacha, iyun oyida esa $286,3 mlnga yetdi.

Yil boshidan beri Xitoyga gaz eksporti yarmi oshib, $354,9 mlnga yetdi. Xususan, yanvar oyida Xitoyga $21,8 mln, fevralda $20,2 mln, martda $52,3 mln, aprelda $105,4 mln, mayda $88,3 mln, iyunda esa $66,9 mln qiymatidagi gaz yetkazib berildi.

Biroq, Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlari Xitoy Bojxona bosh boshqarmasi ma’lumotlaridan biroz farq qiladi, unga ko‘ra O‘zbekiston yanvar-may oylarida $365,57 mlnlik gaz eksport qilgan, bu o‘tgan yilning shu ko‘rsatkichidan 55,5%ga ko‘pdir.

Bundan tashqari, Xitoy bojxonasi O‘zbekistondan tabiiy gaz yetkazib berishning oylik hajmi 12,6%ga — may oyidagi $118,78 mlndan $103,72 mlngacha (2024-yil iyuniga nisbatan 27,85%ga o‘sish) kamayganini ma’lum qildi.

Xitoyga gaz eksporti bo‘yicha yetakchilikni joriy yilning olti oyida $4,89 mlrdlik “ko‘k yoqilg‘i” yetkazib bergan Rossiya egallab turibdi. Ikkinchi o‘rinda Turkmaniston — $4,21 mlrd. Keyingi o‘rinlarda Myanma ($793,8 mln), Qozog‘iston ($503,2 mln), shuningdek, AQSh va Italiya kichik hajm bilan.


Avvalroq Spot prezident mavjud konlarda neft va gaz qazib olishni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq bergani haqida yozgandi.