Uydan uzoqda bo‘lganda, yaqinlar o‘zlariga kerak bo‘lgan barcha narsani olayotganini bilish, ayniqsa, muhim. Buni anglagan holda InfinBANK yaqinlarga g‘amxo‘rlik qilishni osonlashtirish, tezlashtirish va foydali qilish maqsadida Kwikpay orqali xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatini yo‘lga qo‘ydi.
Ko‘plab o‘zbekistonliklar uchun chet elda ishlash oilani ta’minlashning bir yo‘li. Kimdir Rossiyada, kimdir Qozog‘iston yoki Qirg‘izistonda mehnat qiladi va daromadning bir qismi muntazam ravishda uyga yuboriladi. Ammo har bir bunday pul o‘tkazmasi shunchaki raqamlar emas, balki ota-ona uchun oziq-ovqat, maktab to‘lovi, og‘ir paytda yordam hisoblanadi. Demak, har qanday o‘tkazma uchun olinadigan komissiya — bu oila budjetidan ayriladigan mablag‘. Endi InfinBANK mijozlari Kwikpay xizmati orqali qulay, ishonchli va bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha komissiyasiz pul jo‘natishlari mumkin. Bu — yaqinlarga ortiqcha xarajatlarsiz pul yuborishning oson va foydali usuli.
InfinBANK va Kwikpay nima taklif qiladi?
InfinBANK jamoasi muntazam ravishda uyiga pul jo‘natadigan mijozlarning haqiqiy ehtiyojlarini inobatga olgan holda Kwikpay orqali pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ydi. Xizmat mashhur yo‘nalishlarni qamrab oladi: Rossiya (komissiya 0%), Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Armaniston — mablag‘lar qabul qiluvchi mamlakatning milliy valyutasida kelib tushsa, o‘tkazmalar komissiyasiz amalga oshiriladi.
InfinBANK bo‘limlarida pul o‘tkazmalari va mablag‘larni olish har doim bepul. Boshqa shartlar:
- konvertatsiya bilan pul o‘tkazmalari — 0%;
- MDH mamlakatlari kartalariga o‘tkazmalar — 0%;
- pul o‘tkazmalarini naqd shaklda berish — 0%;
- o‘tkazmani konvertatsiyasiz yuborish — 0,95% dan boshlab.
Kwikpay xizmati, shuningdek, quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
Gretsiya, Kipr, Isroil, Tayland, Filippin, Indoneziya, Vetnam, Shri Lanka, Misr, Hindiston va boshqalar.
Faqat mehr bilan amalga oshiriladigan pul o‘tkazmalari
Kwikpay orqali xalqaro pul o‘tkazmalari — bu yaqinlarga e’tibor qaratish va qo‘llab-quvvatlashning yana bir usuli. InfinBANK bu o‘tkazmalar qulay, tez va yashirin komissiyalarsiz bo‘lishi uchun barcha choralarni ko‘rmoqda.
Reklama huquqlari asosida.