Telegramda yuzni skanerlash orqali foydalanuvchilarning yoshini tekshirish uchun Verify Your Age boti paydo bo‘ldi, deya xabar berdi Kod Durova nashri.
Yuzni aniqlash boti mini-ilova bazasiga asoslangan bo‘lib, Telegram jamoasining rasmiy tasdiqloviga ega va yuzni skanerlash funksiyasi mavjudligi bilan ajralib turadi.
Bot tavsifida quyidagicha aytilgan: “Hech qanday tasvirlar yoki ma’lumotlar qurilmangizni tark etmaydi va serverlarimizga yuborilmaydi”.
Uni alohida ishga tushirish mumkin, lekin odatda u sozlamalar menyusidan ishga tushiriladi va hozircha bu funksiya faqat qonunchiligi bunday funksiyani talab qiladigan mamlakatlarda mavjud bo‘ladi.
Yoshni tasdiqlash uchun faqat kameradan foydalanish ruxsati talab qilinadi. Algoritm fotosuratlarni taniydi, shuning uchun soxta tasvirni haqiqiy deb berishning iloji bo‘lmaydi, deya ta’kidlaydi nashr. Identifikatsiya bir marta o‘tkaziladi.
Botni 2025-yil iyul oyida Telegram test serverida payqashgan. Ma’lum bo‘lishicha, yoshni tasdiqlash funksiyasi hozircha faqat Buyuk Britaniya fuqarolari va aholisi uchun mavjud bo‘ladi. U yerda internet-xizmatlar “18+” belgisi bo‘lgan kontentni ko‘rish uchun foydalanuvchilarning yoshini tasdiqlashni talab qiladi.
Yosh chegarasini tekshirish Telegram uchun qonunchilik talab qiladigan mamlakatlarda o‘z faoliyatini saqlab qolish imkoniyatiga aylanadi, foydalanuvchilar esa kontentni qonuniy tarzda ko‘ra olishadi.
Avvalroq Spot Telegram foydalanuvchilar reytingini aniqlash tizimini joriy etishi haqida yozgandi.
Har bir foydalanuvchi tegishli belgini bosish orqali o‘z akkauntining qaysi darajada ekanligini bilib olishlarii mumkin bo‘ladi.