28-iyul kuni Shavkat Mirziyoyevga Andijon viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari va viloyatni rivojlantirish bo‘yicha yangi rejalar to‘g‘risida axborot berildi.

2025-yilda $3,1 mlrd investitsiya jalb qilish, $1,5 mlrdlik mahsulot eksport qilish, 305 ming kishining bandligini ta’minlash va 32 mingdan ortiq oilani kambag‘allikdan chiqarish rejalashtirilgan.

Yil boshidan buyon $1 mlrdlik yangi quvvatlar, 344 ta savdo va servis majmuasi ishga tushgan. Yana $2,5 mlrdlik loyihalar boshlangan. O‘tgan 6 oyda $850 mln investitsiya jalb etilib, eksport $465 mlnni tashkil etgan.

Ilmiy ekspertlar va faol tadbirkorlar ishtirokida islohotlar shtabi tuzilib, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha yangi takliflar ishlab chiqildi. Taqdimotda mutasaddilar ushbu tashabbuslarning asosi va kutilayotgan natijadorlik haqida axborot berdi.

andijon, prezident

Masalan, $40 mln sarmoya evaziga Germaniya, Turkiya va Yaponiyadan robot-texnologiya olib kelib, innovatsion klinika barpo etish rejalashtirilgan.

Yoki elchilar yordami bilan agroklaster tashkil qilishga Italiyadan 20 mln yevro, zamonaviy agrologistika majmuasi qurishga Germaniyadan 25 mln yevro jalb etilishi mo‘ljallangan.

Xonobod shahri, Xo‘jaobod va Buloqboshida turistik maskanlar tashkil qilish bo‘yicha 30 dan ziyod tashabbuslar bildirilgan.

Umuman aytganda, $1,1 mlrdlik qo‘shimcha loyihalar shakllantirilgan. Ularning natijasida 22 ming ish o‘rni, qo‘shimcha $200 mlnlik eksport imkoniyati ochiladi.

Prezident viloyatdagi har bir shahar va tumanga alohida yondashib, yangicha ishlash, yangi loyihalarni investitsiyasi kam hududlarga joylashtirish zarurligini ta’kidladi.

Ishsiz va ehtiyojmand oilalarni o‘qitib, ishga joylashtirish, mahallalarni jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


Avvalroq Spot Zominda qiymati $42 mlnlik maishiy texnika zavodi ishga tushirilishi haqida yozgandi.

Shuningdek, mahalliy texnoparkda Xitoy bilan hamkorlikda $300 mlnlik 9 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.