Tadbir 7-avgust kuni soat 17:00 da (Toshkent vaqti bilan) onlayn formatda o‘tkaziladi. Ishtirok bepul, oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi.
Vorkshopning asosiy spikeri — EPAM kompaniyasining AI muhandisi Vitaliy Shulga.
Vitaliy EPAM’da 14 yildan ortiq ishlaydi, hozirda generativ AI yechimlarini ishlab chiqish va LLM’larni joriy etish bo‘yicha kompaniyalarga maslahat berishga ixtisoslashgan. U Microsoft (AI-102) sertifikatiga ega sun’iy intellekt bo‘yicha muhandis va IT Park University o‘qituvchisi hisoblanadi. Vitaliy self-hosted LLM integratsiyasi, structured output yaratish va xavfsiz, izolyatsiyalangan AI yechimlarini ishlab chiqish bo‘yicha jonli demo ko‘rsatadi.
Vorkshop dasturida nimalar bo‘ladi?
Ishtirokchilar LLM bilan ishlashning asosiy jihatlarini chuqur o‘rganadi, jumladan:
- vazifani qo‘yish va mavjud vositalarga sharh;
 - optimal modelni tanlash va ishga tushirish;
 - Pydantic yordamida Python’da data-obyektlarni loyihalash;
 - LLM orqali avtomatik obyekt generatsiyasi uchun structured output yaratish.
 
Nega bu muhim?
Katta til modellari biznes, ilm-fan va davlat sohasida tobora ko‘proq qo‘llanmoqda. Ammo ularni joriy etish nafaqat texnik bilim, balki xavfsizlik, ishonchlilik va etika bilan bog‘liq xatarlarni chuqur tushunishni talab qiladi. Ushbu vorkshop — IT Park University’ning Software Engineering magistrlik dasturining bir qismi bo‘lib, unda amaliy ko‘nikmalar va AI bilan mas’uliyatli ishlash alohida o‘rin tutadi.
“LLM’ni API orqali chaqirishni har kim qiladi. Biz esa maxfiy ma’lumotlarni xavfsiz qayta ishlaydigan va sof integratsiyalangan yechim yaratishni ko‘rsatamiz. Biz LLM’dan shunchaki foydalanishni emas, uni chiroyli va kengaytiriladigan qilib ishlatishni o‘rgatamiz”, — deydi IT Park University AI yo‘nalishi jamoasi.
Vorkshop kimlar uchun foydali:
- dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar;
 - Data Scientist va ML-muhandislar;
 - magistratura va AI dasturlari talabalari;
 - maxfiy ma’lumotlar va LLM-integratsiyalari bilan ishlovchi mutaxassislar.
 
Ishtirokchilar nimalarga ega bo‘ladi:
- jonli kod demo — minimal slaydlar, maksimal amaliyot;
 - LLM integratsiyasini sof va xavfsiz qilish bo‘yicha yondashuvlar;
 - ma’lumotlarni himoya qilish va compliance vositalari;
 - ekspertlar bilan jonli muloqot va savol-javob.
 
Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot uchun havola.
Sana: 7-avgust.
Vaqt: 17:00 (Toshkent vaqti bilan).
Format: onlayn.
Til: ingliz tili.
Telefon: (+998) 55−520−40−00.
Sayt: itpu.uz
Instagram: @itpu_uz
Telegram bot: t.me/ITPU_bot
Reklama huquqlari asosida.
                                                    
											
											
											
											
											
											
											
                            