Telegramda bir vaqtning o‘zida barcha ommaviy kanallarda postlarni qidirish paydo bo‘ldi. Bu haqda vc.ru nashri xabar berdi.
Messenjerning Android beta-versiyasida barcha ommaviy kanallarda — hatto foydalanuvchi obuna bo‘lmagan kanallarda ham nashrlarni qidirish imkoniyati topildi.
Undan faqat Telegram Premium obunasiga ega foydalanuvchilar foydalanishi mumkin. U faqat ikkita qidiruvni bepul amalga oshirish imkonini beradi.
Qidirishni davom ettirish uchun yana bir bepul urinish paydo bo‘lishini kutish yoki 10 ta Telegram yulduzini to‘lash kerak.
Hozircha to‘lov nimani kafolatlashi aniq emas. U kunning qolgan qismida cheksiz qidiruv, butun sutkalik foydalanish yoki faqat ma’lum miqdordagi so‘rov yuborish huquqini beradimi, bu hali noma’lum.
Avvalroq Telegramda yoshni yuz orqali tekshiruvchi bot paydo bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Hozircha bu funksiya faqat qonunchiligi bunday tizimni talab qiladigan mamlakatlarda mavjud bo‘ladi.
Shuningdek, messenjer foydalanuvchilar reytingini aniqlash tizimini joriy etishi ma’lum qilindi. Har bir foydalanuvchi tegishli belgini bosish orqali o‘z akkauntining qaysi darajada ekanligini bilib olishlarii mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, Pavel Durov Telegramda firibgarlar ustidan shikoyatlarni qabul qilishni boshladi.
Messenjer foydalanuvchilari pullik xabarlar funksiyasi orqali firibgarlik va shantaj haqida messenjer asoschisining shaxsan o‘ziga shikoyat qilishlari mumkin.