2025-yil 13-avgustdan boshlab YouTube AQShda voyaga yetmagan foydalanuvchilarni aniqlaydigan sun’iy intellektga asoslangan tizimni joriy etadi.
Sun’iy intellekt hisobning yoshi va xizmatdagi xatti-harakatlarni tahlil qiladi. Agar foydalanuvchi 18 yoshdan kichik bo‘lsa, unga avtomatik ravishda cheklovlar yoqiladi.
Bunday foydalanuvchilar yoshga qarab cheklangan videolarni ko‘ra olmaydi va reklamalar moslashtirilmaydi. Shuningdek, ularga uzoq tomosha paytida tanaffus qilish taklif qilinadi.
Xatolik yuz bergan taqdirda, tomoshabin o‘z yoshini pasport, bank kartasi yoki selfi orqali tasdiqlashi mumkin.
YouTube ijodkorlarni yangi tizim auditoriya statistikasiga ta’sir qilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi: agar obunachilarning bir qismi voyaga yetmagan deb hisoblansa, bu moslashtirilgan reklamalarni o‘chirib qo‘yish tufayli daromadni kamaytirishi mumkin.
Tashabbus Google’ning bolalar va o‘smirlarning internetdagi raqamli xavfsizligini kuchaytirish bo‘yicha global sa’y-harakatlarining bir qismidir.
Avvalroq Spot YouTube surat va matndan Shorts yaratish uchun SI vositalari qo‘shishi haqida yozgandi.
Endi foydalanuvchilar atigi bitta rasm yoki matndan video roliklar yaratishlari, shuningdek, murakkab video effektlarni qo‘llashlari mumkin.