Toshkentning to‘rtta tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Hududgaz poytaxt matbuot xizmati xabar berdi.

31-iyul kuni ta’mirlash ishlari sabab belgilangan vaqtlarda Sergeli, Yangihayot, Uchtepa va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.

Xususan:

Sergeli tumani (10:00 dan 17:00 gacha): “Ziyolilar”, “Ko‘hna Qumariq” va “Eski Jaloyir” MFYlari

  • Aholi xonadonlar soni: 678 ta yerli xonadonlar;
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 8 ta.

Yangihayot tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Fayzli” MFY

  • Aholi xonadonlar soni: 78 ta yerli xonadon;
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 3 ta.

Uchtepa tumani (10:00 dan 17:00 gacha): “Zarafshon” MFY

  • Aholi xonadonlar soni: 4200 ta yerli xonadon, 2 ta ko‘p qavatli uylar;
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 30 ta.

Chilonzor tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Novza” MFY

  • Aholi xonadonlar soni: 17 ta ko′p qavatli uylar;
  • Ulgurji iste’molchilar soni 3 ta.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.