Spotify striming xizmati endi Buyuk Britaniyadagi foydalanuvchilardan yoshni tasdiqlash uchun hujjatlar va selfi so‘ramoqda. Bu haqda Kod Durova nashri xabar berdi.
Dastlab, tekshiruv uchun selfi olish yetarli hisoblanadi. Agar tizim tekshiruv uchun fotosuratdan foydalanuvchining voyaga yetmaganligini aniqlasa, xizmat hujjatlarni so‘raydi.
Agar foydalanuvchi o‘z yoshini tasdiqlay olmasa, uning hisobi bloklanadi. Hisobni 90 kun ichida tiklash mumkin, lekin yosh tekshiruvidan o‘tish kerak bo‘ladi.
Bu davrda foydalanuvchi hujjatlar va selfi yubormasa, u holda akkaunt o‘chiriladi. Bunday qoidalar birinchi navbatda “18+” kontentga taalluqli — agar foydalanuvchilar yoshni tasdiqlashni talab qilmaydigan kontent bilan ishlasa, xizmat hisoblarni bloklamaydi.
Biroq, Independent’ning aniqlashtirshicha, Spotify tomonidan kamida 13 yoshga to‘lmagan deb gumon qilingan foydalanuvchilar o‘chirilish xavfi ostida qolmoqda.
“Siz joylashgan bozor uchun belgilangan minimal yosh talablariga javob bermasangiz, Spotify’dan foydalana olmaysiz. Agar Spotify’dan foydalanish uchun yetarli yoshda ekaningizni tasdiqlay olmasangiz, hisobingiz faolsizlantirilib, oxir-oqibat butunlay o‘chirib tashlanadi”, — deyiladi musiqa xizmati xabarida.
Tekshiruv tizimi tashqi hisoblanib, yosh darajasini fotosuratga qarab baholash va pasport, haydovchilik guvohnomasi yoki yoshni tasdiqlovchi boshqa ruxsat etilgan hujjatlar ma’lumotlarini solishtirish uchun sun’iy intellektdan foydalanadi.
Avvalroq Spot Spotify bepul obunachilardan qo‘shiq matnlarini yashirishni boshlagani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, mazkur imkoniyatdan endi faqat pullik obunachilar uchun foydalanishi mumkin.