O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi (O‘zRTXB) orqali avtomobil raqamlarini sotish hajmi birinchi yarim yillikda biroz pasaygan. Bu haqda Spot’ga savdo maydonchasi matbuot xizmati xabar berdi.
Yil boshidan buyon avtoraqam.uzex.uz orqali raqam belgilarini sotishdan tushgan tushum 378,7 mlrd so‘mni tashkil etdi — bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11,1% ga kam. Sotilgan raqamlar soni 20% dan ko‘proqqa kamaydi, ammo shu bilan birga 80 mingta kombinatsiyadan oshdi.
O‘zRTXBda “chiroyli” raqamning o‘rtacha narxi 4,733 mln so‘mni tashkil etdi. Taqqoslash uchun — 2024-yilda u 4,06 mln so‘mni yoki 16,5% ga kamroqni tashkil etgan.
Avvalgidek, raqam belgilarining asosiy xaridorlari 96% ulush bilan jismoniy shaxslar bo‘ldi. Shu bilan birga, yuridik shaxslarning ulushi biroz ko‘payib, 4% ga yetdi.
Birja ma’lumotlariga ko‘ra, raqamning eng past narxi 1,7 mln so‘mni, eng yuqori narxi esa 509,6 mln so‘mni tashkil etdi.
Raqam belgisi uchun taklif qilingan eng katta summa 1,56 mlrd so‘mni tashkil etdi (O‘sha paytdagi Markaziy bank kursi bo‘yicha $122,2 ming). Narxi sakkiz baravardan ko‘proq oshgan va rekordni yangilagan 10 777 ZZZ kombinatsiyasi uchun savdolar to‘qqiz kun davom etdi va 13-iyun kuni yakunlandi.
Bungacha eng qimmat “chiroyli” avtoraqam 2024-yil 24-dekabrda sotilgan — 965,3 mln so‘m (Markaziy bank kursi bo‘yicha $74,77 ming), bu bir kun avval o‘rnatilgan avvalgi rekorddan (551,3 million so‘m) 75%vga oshdi.
Avvalroq Spot AI-80 benzini birja narxlari ketma-ket 11 kundan beri o‘sib borayotgani haqida yozgandi.
Iyul oyida yoqilg‘i narxi deyarli 10% ga, yoz boshidan beri esa 16,42% ga oshdi. Bunga narxlar chegarasining bekor qilinishi sabab bo‘ldi.