Dam olish kunlari ayrim banklar tomonidan valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
2−3 avgust — shanba va yakshanba kunlari quyidagi banklar tomonidan ayrim valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi:
- Аgrobank;
- Anorbank;
- Аpexbank;
- Asakabank;
- Asia Alliance bank;
- Biznesni rivojlantirish banki;
- Garantbank;
- Hamkorbank;
- Hayot bank;
- Ipoteka bank;
- Infinbank;
- Kapitalbank;
- Orient Finans bank;
- Sanoatqurilishbank;
- Saderat bank;
- Tenge bank;
- Trastbank;
- Turonbank;
- Universalbank;
- O‘zmilliybank.
Shu bilan birga, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish mumkin.
Bunda ish tartibi filialga qarab farq qilishi mumkin, shuning uchun ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat banklarida aniqlashtirish tavsiya etiladi.
Avvalroq O‘zsanoatqurilishbank, Asakabank va Aloqabankni xususiylashtirish 2025-yildan keyinga qoldirilgani haqida xabar berilgandi. Bundan tashqari, O‘zmilliybank, Agrobank, Mikrokreditbank, Xalq banki va Biznesni rivojlanish bankini 2028-yilgacha sotish rejalashtirilmagan.